Vazirlar Mahkamasi masʼuliyatini oşiriş çoralari belgilandi

Matn30-yanvar, 2019, 10:231 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oşirişga oid 2019-yil 28-yanvardagi Prezident Farmoniga binoan:

2019-yil 1-apreldan boşlab:

👉 Boş vazirning örinbosarlari, vazirlar va davlat qömitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan maʼqullanadi;

👉 uşbu nomzodlarni körib çiqiş va maʼqullaş jarayonida ular istiqbolga möljallangan maqsadli harakatlar rejalarini taqdim etadilar;

👉 Boş vazir Hukumat aʼzolari bilan birgalikda har çorakda Oliy Majlis palatalariga Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib çiqadigan tegişli yilga möljallangan davlat dasturining amalga oşirilişi töğrisida hisobot taqdim etadi;

👉 2019-yil 1-mayga qadar vazirliklar, davlat qömitalari, Hukumat tuzilmasiga kiruvçi idoralar hamda xöjalik boşqaruvi organlarini yanada ixçamlaştiriş va faoliyatini takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi işlab çiqiladi.

👉 yangi tahrirdagi «Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi töğrisida»gi qonun loyihasi tayyorlanadi;

👉 «Strategik rejalaştiriş töğrisida»gi qonun loyihasi işlab çiqiladi;

👉 vazirliklar, davlat qömitalari va boşqa davlat boşqaruvi organlari xodimlarining mehnatiga haq tölaş tizimini xalqaro standartlar va normalarga muvofiq takomillaştirişni nazarda tutuvçi Prezident qarori loyihasi işlab çiqiladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 5
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek