Özbekistonda Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi taşkil etildi
RASMAN: Özbekistonda yana bir yangi vazirlik taşkil etildi
2019-yil 28-yanvardagi Prezident farmoniga binoan, Taşqi savdo vazirligi va Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi negizida Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi taşkil etildi.
Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyat yönalişlari:
👉 yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oşiriş;
👉 Özbekiston Respublikasining Jahon savdo taşkilotiga aʼzo böliş va boşqa köp tomonlama iqtisodiy taşkilotlar bilan hamkorlik qiliş jarayonlarini muvofiqlaştiriş;
👉 xorijiy investitsiyalarni jalb qiliş işlarini muvofiqlaştiriş, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya taşkilotlari bilan ikki tomonlama va köp tomonlama formatda özaro samarali hamkorlikni amalga oşiriş;
👉 taşqi savdo sohasida yagona davlat siyosatini amalga oşiriş, Eksportni qöllab-quvvatlaş milliy tizimining samarali işlaşiga kömaklaşiş va boşqalar.
Vazirlik huzurida quyidagilar taşkil etildi:
- Idoralararo bojxona-tarif kengaşini tugatgan holda Tarif va notarif tartibga soliş kengaşi;
- çet el investorlarini maʼlumotlar bilan taʼminlaş va huquqiy kömak beriş, şuningdek, yuzaga kelgan muammolarni hal etiş, zaruriy hujjatlarni rasmiylaştiriş böyiça ularga xizmat körsatiş uçun Xorijiy investitsiyalarni jalb etiş agentligi;
- mahalliy xomaşyo negizida yuqori qöşilgan qiymatli raqobatbardoş mahsulot işlab çiqarişni yölga qöyiş uçun ilğor xorijiy texnologiyalarni izlab topiş va joriy etiş, ilmiy işlanmalarni ekspertiza qiliş maqsadida Texnologik rivojlaniş agentligi.
2 oy muddatda «Özbekoziqovqatxolding» XKni tugatiladi va uşbu sohada özini özi tartibga soluvçi taşkilot tuziladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 4

