Andijondagi egizaklarga Spark berildi
Andijondagi egizaklarga «Spark» berildi
Ötgan yilning sentabr oyida Paxtaobod tumanida dunyoga kelgan va Şavkat, Miromon hamda Mirziyo deya ism qöyilgan uç nafar egizaklarga Andijon viloyati hokimligi «Spark» avtomaşinasini sovğa qildi, deb yozmoqda @vodiybozor kanali.
Aytilişiça, uşbu sovğa viloyat hokimining nomidan berilibdi. Rostdan ham maşinada «Prezident sovğasi» degan yozuv közga taşlanmaydi. Vaholanki, avvalroq Toşkent va Farğonada berilgan «Cobalt»larda şunaqa yozuv bor edi .
Kuni-keça Çiroqçi tumanida ham dunyoga kelgan 3 nafar egizakka Şavkat, Miromon, Mirziyo deya ism qöyişgan edi. Hozirça Qaşqadaryo viloyati hokimligi ularga qanday sovğa hozirlagani nomaʼlum.
@daryo_live kanali Prezidentga havas qilib, ismlar qöyilgan, lekin hali sovğaga maşina berilmagan 3 nafar egizaklarning öziga xos röyxatini tuzib çiqqan edi.
Mayli, sovğa muhim emas, asosiysi tuğilgan farzandlar soğ-omon bölib, jamiyatga foydasi tegadigan yaxşi insonlar bölib yetişsin.
Lekin maşina ziyon qilmaydi :)
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 6

