Özbekiston temir yöllarining elektron çipta tizimi tanqidi
Manba:davletovuz
Monopolist Özbekiston temir yöllari özining favqulodda innovatsion yangiliklarini davom ettirmoqda.
Xabaringiz bor, kompaniya rasmiy sayti orqali elektron bilet sotib oliş xizmati yölga qöyilgan. Lekin biletni qoğozga bosib çiqarib, özingiz bilan olvolmasangiz hisobmas.
Faqat Özbekiston temir yöllaridagina mavjud bu "innovatsiya"ga qöşimça ravişda kompaniya endi ayrim poyezdlarga elektron röyxatdan ötişni ham çeklab qöyibdi. Masalan, 062-sonli Toşkent-Andijon poyezdiga faqat buyurtma qila olasiz, buyurtmangizni röyxatdan ötkaziş uçun (qoğoz bilet olişga) baribir kompaniya çiptaxonasiga kamida 1 soat avval borişingiz lozim ekan.
Mana şunaqa innovatsiya. Afandining tarakanni uşlab, boşiga uç marta urib, oğziga kukun soliş orqali işlatiladigan tarakan dorisi esga tuşadi şunaqa innovatsiya va raqamli texnologiyalarga duç kelsang. (s)
- 👍 5


