Vazirlar Mahkamasidagi yangi tayinlovlar va özgarişlar
Optimizatsiya bölayotgan Vazirlar Mahkamasi va kadrlar almaşuvi
Bugun kadrlar masalasida köp özgarişlar bölmoqda. Hozirça maʼlum bölganlarini xabar qilamiz:
👉 Boş vazir örinbosari — Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi raisi — Investitsiyalar, innovatsion rivojlantiriş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari kompleksining rahbari Suhrob Xolmurodov egallab turgan lavozimidan ozod qilindi. U boşqa lavozimga ötkazilgan.
👉 Prezident maslahatçisi örinbosari Elyor Ğaniyev boş vazir örinbosari etib tayinlangan. U Investitsiyalar, innovatsion rivojlantiriş, erkin iqtisodiy va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş masalalari kompleksi rahbariga aylandi.
👉 Qişloq xöjaligi vaziri Bahodir Yusupov lavozimidan ozod etildi. U bugun Namangan viloyatining Kosonsoy tumani hokimi lavozimini egallagan.
👉 Taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev tuman hokimiga aylangan Bahodir Yusupov örniga Qişloq xöjaligi vaziri lavozimini egallagan.
👉 «Özçarmsanoat» uyuşmasi raisi Sardor Umurzoqov Taşqi savdo vaziri etib tayinlandi.
Voqealar rivojini kuzatişda davom etamiz.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 😱 1


