Vazirlar Mahkamasi lotin yozuvidagi blanklarga ötdi
Lotin yozuvidagi Hukumat blanki
Oxirgi postimdan keyin bir narsa eʼtiborimni tortdi. Bu ham bölsa, Vazirlar Mahkamasi qarorining lotin yozuvidagi blankda çiqqanligi.
Ilgari sira bunday blankka közim tuşmagan ekan yoki közim tuşgan bölsa ham, eʼtibor bermagan ekanman. Qiziqqanimdan, Lex.uz portalidagi barça VM qarorlarini körib çiqişni boşladim.
Maʼlum böldiki, Vazirlar Mahkamasi 26-iyuldan boşlab lotin yozuvidagi blankdan foydalanişga ötgan ekan. Garçi qarorlarning matni töliq kirill yozuvida bölsa ham, har holda Hukumatning rasmiy blanklari lotin yozuviga ötgani ham katta işday tuyuladi menga.
Balki lotin alifbosi islohotidan keyin "lotinlaştiriş" jadalroq keçar. Kim bilsin.
Ha, aytgança, Qonunlar, Prezident farmoni va qarorlarining blanklari haliyam kirill yozuvida bölib turibdi, lotinga ötgani yöq.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
