Kanadada tadbirkorlik va OAV faoliyatining tartibi

Matn5-noyabr, 2018, 11:443 daqiqa0 koʻrish

«Daryo.uz» naşrining asosçisi Farhod Fayzullayev hozirda Kanadaning Kalgari şahrida yaşaydi. Ilgari asosan Feysbukda yozardi, hozir Telegram kanalida ança faol bölib qoldi (kanal nomi biram baçkana-yey).

Uning Kanadada turib yozganlari qandaydir Marsdagi hayotga öxşaydi. Parallel olam. «Şunaqa jamiyatlar ham bor-a dunyoda», deb öylab qolasan. Hasad emas, havas qilasan. «Biz qaçon bunday darajaga erişarkanmiz-a», deb öyga tolasan, kezi kelganda ayrim masalalarda xafa bölib ketasan. Ayniqsa «öz kölmagini okean» deb öylaydiganlar u kanalni öqimagani maʼqul.

Misol uçun, yaqinda oyiga 560 ming söm evaziga 300 megabit tezlikdagi internetni 1 terabayt traffik bilan olgani haqida yozgandi.

Keça şu kanalda yana bir post eʼlon qilindi. Köpçilik kanallar postni forward qildi, 70 ming martadan köp öqildi. Gap Özbekistonda tadbirkorlik hamda OAV faoliyati bilan şuğullanişdagi byurokratiya haqida edi. Xususan, muallif şunday yozadi:

«Xabaringiz bölsa kerak, Özbekistonda 1-yanvardan boşlab yakka tartibdagi tadbirkorlar (ÇPlar) şuğullanişi mumkin bölgan faoliyat turlari qisqartirildi. Misol uçun, endi plastik va alyumindan rom va eşiklar yasaş uçun firma oçiş kerak, ÇP kifoya qilmaydi. Kiçkina, 1—2 kişi işlaydigan tsexlarning işi endi yanada qiyinlaşadi.

Kanadaning Alberta provinsiyasida (bu yerda qonunlar provinsiyalar içida farq qiladi, çunki Kanada federativ davlatdir) YTT böliş uçun nima qiliş kerakligiga qiziqdim.

Albertada YTT böliş uçun heç narsa qiliş kerak emas ekan. Yaʼni men, jismoniy şaxs Farhod Fayzullayev bir paytning özida YTT Farhod Fayzullayevman. Heç qanday ruxsatnoma, patent olinmas ekan.

Masalan, men işdan taşqari taniş-bilişlarga sayt qilib beraman. Iş bitganidan söng ularga invoys jönataman, ular pulni hisob raqamimga ötkazişadi. Yil oxirida soliq deklaratsiyasini topşiraman (100% aholi bunday deklaratsiya topşiradi, biznes qilsa-qilmasa). Şundan keyin Kanada soliq qömitasi men qöşimça yana qança daromad soliği (podoxodniy) tölaşimni aytadi. Qöşimça deganimda işxonadan oladigan oylik ortidan tölanadigan soliqqa nisbatan aytyapman.

95% faoliyat turlari bilan YTT sifatida şuğullaniş mumkin. Faqat doktor, yurist va şunga öxşagan sohalarda faoliyat yuritiş uçun firma — yuridik şaxs taşkil qiliş kerak.

Agar bir yilda YTT sifatidagi daromadim 30 ming Kanada dollaridan ortsa, daromad soliğiga qöşimça ravişda 5 foizlik GST (goods and sales tax, savdo soliği) tölaşim kerak. Bu soliq doim mijozga yuklanadi va invoysda alohida körsatiladi. «Podoxodniy» provinsial soliq, GST esa federal (Ottavaga ketadi).

Bir tanişim ötgan yili yangiliklar veb-sayti oçdi, «Daryo»ga öxşagan. Bir kuni uçraşganimda söradim, qanday hujjatlar kerak OAV oçiş uçun, deb.

Özbekistonda OAV oçiş uçun MÇJ bölişi şart va Özbekiston Matbuot va axborot agentligidan röyxatdan ötib, bir varoq qoğoz oliş kerak. Undan keyin saytda yoş reytingi (18+, masalan), redaksiya va röyxatdan ötganlik haqida maʼlumot bölişi şart.

Kanadada esa ertalab turib, böldi, men OAVman derkansiz, xolos! Bir dona ham hujjat kerak emas ekan. OAVlar heç qanaqa maxsus röyxatdan ötmas ekan.

Şunda tuşunib yetgandim bizda qançalik regulyatsiyaning köpligini»

Ana şunaqa gaplar. Kanada hayoti Sizni qiziqtirsa, @zambarakning_oqi kanaliga aʼzo bölib qöying. Faqat kanaldagi postlarni öqib #suriş_kerak degan gapni aytiş bölmasin lekin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek