Mahsulotlarni birja savdolariga çiqariş tartibi soddalaşadi

Matn17-may, 2022, 17:371 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mahsulotlarni birja savdolariga çiqariş tartibi soddalaşadi

Bugun Şavkat Mirziyoyev raisligida Respublika tovar-xom aşyo birjasi faoliyatini takomillaştiriş yuzasidan videoselektor yiğilişi bölib ötdi. Yiğilişda mahalliy mahsulotlarni birja savdolariga çiqariş tartibi soddalaştirilişi belgilandi. Jumladan:

— 1-iyuldan birjada alohida istiqbolli tovarlar seksiyasi taşkil etilib, mahalliy tadbirkorlarning işlab çiqargan mahsulotini ortiqça hujjatlarsiz sotiş yölga qöyiladi;

— eng yaxşi sotilgan tovarlar keyinçalik birjaning asosiy savdo maydonlariga joylaştiriladi;

— tadbirkorlarning davlat röyxatidan ötişi bilan bir vaqtda birjada ham hisobga oliş tartibi joriy etiladi;

— mahalliy tadbirkorlarning mahsulotlari uçun birja tölovlari 2 baravarga qisqartiriladi;

— soliq nazoratida tadbirkorlarning birja orqali sotilgan yoki xarid qilingan tovarlari böyiça qöşimça örganiş ötkazilmaydi.

Şu bilan birga, joriy yil 1-iyuldan boşlab birja savdolari orqali eksport-import qilişda:

— xorijiy yetkazib beruvçilarga elektron raqamli imzoni majburiy oliş tartibi bekor qilinadi;

— xorijiy kompaniyalar uçun oldindan tölov va birja xizmatlari tölovi bekor qilinadi;

— tadbirkorlarga tölovlarni kafolatlaş bank akkreditivi singari birja kliring tizimi orqali ham taʼminlanadi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 409
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek