Toşkentda uy sotib oliş uçun 3 yillik iş staji kifoya
Manba:Huquqiy axborot
#Söragan_edingiz
#Onlayn_notarius
Toşkent şahrida 11-band bilan doimiy propiska qilingan şaxs notarius orqali uy-joy oldi-sotdi şartnomasini tuzişi uçun propiskaga kirganiga 3 yil tölganligi töğrisida maʼlumotnoma taqdim qilişi kerakmi yoki öşa taşkilotda işlayotganiga 3 yil tölganligi haqida maʼlumotnoma söraladimi? Yaʼni taşkilotda işlayotganiga 3 yildan oşgan xodim propiskaga kirganiga hali 3 yil tölmagan bölsa ham, uy-joy oldi-sotdi şartnomasini tuza oladimi?
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oşiriş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga asosan Toşkent şahrida joylaşgan uy, kvartira oldi-sotdi şartnomalarini notarial tasdiqlaş, agar sotib oluvçi tomon Toşkent şahrida doimiy propiskaga ega bölgan jismoniy şaxs hisoblansa amalga oşiriladi.
Bunda agar sotib oluvçi tomon «Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qilinişi lozim bölgan şaxslar — Özbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining röyxati töğrisida»gi Qonun bilan tasdiqlangan Röyxatning 9 — 11-bandlari asosida doimiy propiska qilingan şaxs bölsa, notarius bitim rasmiylaştirilgan kunga qadar sotib oluvçining davlat taşkilotining maʼlumotnomasi asosida uç yil davomida lavozimda bölganligini tekşiradi.
Demak, propiska qilinganiga uç yil tölmagan, lekin taşkilotda işlayotganiga uç yildan oşgan xodim ham Toşkent şahrida uy-joy oliş uçun oldi-sotdi şartnomasini tuza oladi.
Kanalga ulaniş👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

