Toşkentda propiskaga kiriş böyiça foydali maslahatlar
Propiska böyiça layfxak
2-QISM
Yuqoridagi taklif barçaga ham birdek maʼqul kelmasligi mumkin. Çunki odamga işonç yöq, ota-bola mulk uçun yuzkörmas bölib yurgan paytda, döst-u qadrdonlardan xavfsiralişi tabiiy. Garçi barçasini tuzilayotgan şartnomada batafsil körsatib, huquqiy tomondan muammoga örin qolmaydigan qiliş mumkin bölsa-da, lekin baribir köpçilik oğrimagan boşini oğritgisi kelmaydi.
Şunday bölsada, yana bir maslahat bermoqçiman.
Mabodo yangi uy sotib olişga imkoningiz yetarli bölsa va özgalar bilan uluş qilişga ehtiyojingiz bölmasa ham, oldi-sotdi şartnomalarni tuzayotgan vaqtda xaridor sifatida turmuş örtoğingizni ham şartnomaga qöşib qöysangiz böladi. Yaʼni eru-xotin uluş qöşgan holda uy olayotan bölasiz.
Bu nimaga kerak?
Çunki bunday holatda turmuş örtoğingiz 1-band bilan propiskaga kiradi. Töğri, aytişingiz mumkin, «axir men uyni olgaç 1-band bilan kirsam, turmuş örtoğimni bemalol propiskaga olib kira olmanku», deya.
Ha, rost, bemalol kirita olasiz. Lekin 5-band bilan!
Xöş, 1 va 5-bandning nima farqi bor? Farqi katta!
5-band bilan kirganlar kelgusida 3 yil içida na boşqa yaqin qarindoşlarini propiskaga kirita oladi, na nomiga uy sotib ololadi. Hattoki amaliyotda özim bevosita guvohi bölganman, eri orqali 5-band bilan propiskaga kirgan xotin, zaruriyat tufayli propiskasini viloyatga özgartirgan erini qayta Toşkentga olib kira olmadi. Tasavvur qilyapsizmi?! Farzand, ota-ona haqidaku gapirmasa ham böladi.
1-band bilan propiskaga kirganda esa, kelgusida, yanada aniqroq aytsam, ertasi kuniyoq bemalol öz nomiga boşqa uylarni (hatto ikkilamçi bozordan ham) sotib olişi, ota-onasini (yaʼni qaynota-qaynonangizni) propiskaga kirita olişi mumkin. Bu esa kelgusida turmuş örtoğingizning aka-ukalarini ham propiskaga kirişiga imkon yaratadi (qaynota-qaynonangiz uç yildan keyin nomiga uy olgaç).
(hammayoq matematika bölib yotibdi, naçora)
Mulkda muammo bölmaydimi?
Turmuş örtoğingizni rasman xaridor sifatida şartnomaga kiritişingiz ertaga huquqiy muammolar keltirib çiqarmaydi. Balki ayrimlar mabodo oilada ajrim bölişidan xavotir olayotgan bölsa, aytişim mumkinki, Siz turmuş örtoğingizni oldi-sotdi şartnomasiga qöşasizmi yoki qöşmaysizmi, baribir farqi yöq, nikoh davomida sotib olingan mulkning yarmi şundoq ham uniki.
Xullas, yodimga kelganda mana şu maslahatni ham aytib qöyay degandim-da. Balki kimgadir foydasi tegib qolar.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 3

