Yangi uy sotib olişda propiska böyiça maslahatlar

Matn2-fevral, 2019, 15:312 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Propiskaga oid savol
#muştariydan_savol

SAVOL: Biz uçta aka-ukalarmiz. Hammamizning oilamiz bor. Novostroykadan kvartira oliş arafasidaman. Agar man özimga rasmiylaştirsam faqat özim va mani oilam propiska olişadi. Agar dadam (yoki onam) nomiga yangi kvartira olsak, uç aka-ukalar (oilasi bilan) ham propiska olişadimi? Maqsad bitta kvartira sotib oliş orqali, bitta özim va oilam emas, ukalarim ham oilalari bilan propiskali böliş. Javob uçun rahmat.

JAVOB: Ha, juda töğri öylayapsiz. Bunda 3ta variantni keltirib ötaman, eng maʼqulinin özingiz tanlaysiz.

1️⃣ Agar öz nomingizga olsangiz, unda faqat Siz (1-band), ota-onangiz va farzandlaringiz (2-band) hamda turmuş örtoğingiz (5-band) propiskaga kirişi mumkin.
Bunday vaziyatda aka-ukalaringiz propiska olişolmaydi, çunki 2-band bilan kirganlar (yaʼni ota-onangiz) boşqa qarindoşlarini (turmuş örtoq hamda farzandlardan taşqari) propiskaga olib kira olmaydi.

2️⃣ Agar uyni otangiz (yoki onangiz) nomiga olsangiz, unda ular orqali propiskaga kirişi mumkin bölganlar röyxati kengayadi. Bular:

👉 ota-ona sifatida bobo yoki buvingiz (2-band);
👉 turmuş örtoq sifatida onangiz (yoki otangiz) (5-band);
👉 farzand sifatida Siz va aka-uka, opa-singillaringiz (2-band);
👉 nabira sifatida Siz va aka-ukalaringizning farzandlari (2-band);
👉 keyinçalik Sizlar orqali turmuş örtoqlaringiz (5-band).

3️⃣ Agar mabodo bobo yoki buvingiz hayot bölsa, unda uyni ulardan birining nomiga olişni tavsiya qilaman. Ana şunda propiskaga kiruvçilar safi yanada kengayadi. Bular:

👉 bobo yoki buvingizning ota-onasi (agar hayot bölişsa) (2-band);
👉 farzand sifatida otangiz (yoki onangiz), amaki-amma yoki toğa-xolangiz (2-band). Bu bobo-buvi qaysi tomondan bölişiga boğliq. Masalan, ota tomondan bobongizning nomiga olsangiz, unda farzand sifatida otangiz, amaki va ammalaringiz propiskaga kirişadi;
👉 nabira sifatida Siz, aka-uka va opa-singillaringiz, amaki-amma (yoki toğa-xola)laringizning farzandlari (2-band);
👉 keyinçalik Sizlar orqali farzandlaringiz (2-band);
👉 keyinçalik Sizlar orqali turmuş örtoqlaringiz (5-band).

Şu sababli öz nomiga yangi uylardan olmoqçi bölayotganlar agar zaruriyat tuğilsa, köproq kişi propiska olişi mumkin bölgan variantni tanlaşni maslahat beraman. Boşqaça aytganda – «davrani kengroq oling, öynang-kuling, döstlarim».

❗️ESLATMA: 2 va 3-variant tanlanganda ertaga mol-mulk mojarosi paydo bölmasligi va köngil xotirjamligi uçun öz nomingizga vasiyatnoma yozdirib olişni ham unutmang. Buning uyat joyi yöq hayotda har narsa bölişi mumkin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

Yana oʻqing