Propiska taqiqi sababli uyidan ayriliş xavfi

Matn25-sentabr, 2019, 13:322 daqiqa0 koʻrish

Manba:Xushnudbek.uz

​​Öz uyida özi begonalar

#muştariydan_savol

«Assalomu alaykum, Xushnudbek aka.

Sizga bir savol bilan murojaat qilyapman. Mening tog'am Chiroqchida yashaydi u kishining Toshkentda uyi bor uyini bir tanishining nomiga olgan edi yaqinda usha odam vafot etib uy usha odamning bolalariga me'ros sifatida o'tdi. Bundan tashqari usha o'lgan odamning nomida tog'amni uyidan tashqari 14ta odamning uy va mashinalari bor ekan. Endi usha odamning bolalari uyni tog'amni nomiga o'tkazishni paysalga solib cho'zib yuribdi. Shu holatda sudga berib usha uylarni haqiqiy egalari foydasiga hal qilsa bo'ladimi.

Javobiz uchun oldindan rahmat!»

JAVOB: Xudoga yaqin bölib, duo qiliş kerak ©

Izoh: bunday vaziyatda marhumning farzandlariga Xudo insof bermasa, yaʼni ular özganing haqqi bir kuni baribir burnidan buloq bölib çiqişini tuşunib yetmasa, qonuniy yöl bilan biror natijaga erişiş juda va juda qiyin. Yaxşi gapirib, katta yoşli, kayvonilarni örtaga qöşib, kerak bölsa, yalinib, yolvorib, bir amallab tezda uyni ovoliş kerak.

Ammo, ming afsuski, toğangiz oldida hali yana boşqa muammo ham bor. Yaʼni marhumning farzandlariga insof kirib, uyni berişga rozi bölişgan taqdirda ham, toğangiz uyini yana birovning nomiga olişga majbur. Çunki hali ikkilamçi bozordan propiskasi yöq fuqarolar uçun uy oldi-sotdi qilişga ruxsat berilmadi (Prezident Farmonidagi band esa ötgan yili bajarilmadi, bunga birorta masʼul izoh ham bermadi, nima uçun davlat dasturidagi vazifani bajarişmaganini tuşuntirişmadi, xullas, «öraga siçqon tuşdi - guldur-gup» prinsipi buyoği).

P.S.: yana öşa eski gap – hukumat mantiqsiz qarorlar çiqarsa, xalq unga moslaşiş uçun bir neçta variantlarni öylab topadi. Ammo bu variantlar yoki korrupsiya, yoki jinoyat, yoki ertaga öziga katta muammo olib keladigan boşqa bir usul böladi. Mantiqsiz qarorlarini tezroq bekor qilmas ekan, xalq yuqoridagi savolda taʼkidlangan holatga tuşib, öz mulki uçun özgalar oldida yalinib, yolvorişga majbur böladi yoki butunlay mulkidan ayrilib, köçada qolişi ham mumkin. «Mulk huquqi» degan tuşunça esa bir çekkada höng-höng yiğlab turaveradi.

Öz peşona teri bilan, ming qiynalib topgan puliga özgalarning nomiga uy sotib olişga majbur bölib (mantiqsiz taqiqlar tufayli), har kuni yuragini hovuçlab yaşayotgan yurtdoşlarimiz soni oz emas. Ming afsus. Millionlab afsus...

Xulosa esa özingizdan.

Kanalga ulaniş:
👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Kunning eng muhim xabarlari: 2019-yil 24-sentabr

    08 daqiqa

Yana oʻqing