Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalarga murojaat qildi
Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalarga murojaatnoma bilan çiqdi:
«Bayramni munosib nişonlaylik va noroziçilikni oldini olaylik!
Yurtimizda keng nişonlanadigan 1-oktabr – “Öqituvçi va murabbiylar kuni” bayramiga sanoqli kunlar qoldi. Ayni paytda mamlakatimizda mazkur bayramni yuqori saviyada ötkaziş böyiça taşkiliy işlar olib borilmoqda.
Mazkur jarayonda baʼzi sinflarning qömita vakillari “öta faollik” körsatmoqda. Yaʼni, öqituvçilarni bayram bilan tabriklaş maqsadida pul yiğimlarini taşkil qiliş natijasida ayrim ota-onalar noroziligini keltirib çiqariş holatlari uçramoqda.
Xalq taʼlimi vazirligi 1-oktabr – “Öqituvçi va murabbiylar kuni” bayramida farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan öqituvçilarni öz istak, imkoniyatlaridan kelib çiqib, tabriklayotgan ota-onalarga öz minnatdorçiligini bildiradi. Lekin öqituvçilarni tabriklaş natijasida ota-onalar noroziligi kelib çiqişi kerak emas. Agarda kimning imkoniyati bölmasa, boşqa faol ota-onalar tomonidan majburlaş yoki ular nomidan umumiy sovğa qiliş bahonasida majburiy pul yiğiş notöğri.
Xalq taʼlimi vazirligi yuqoridagi holatlarni inobatga olgan holda ota-onalar noroziligi bilan undiriladigan barça yiğim turlariga çek qöyiş kerakligini eslatib ötadi. Öqituvçilarni xursand qilmoqçi bölsak, bayramni haqiqiy kötarinki ruhda nişonlaylik va heç kimni norozi bölişiga yöl qöymaylik!»
👉 @xushnudbek 👈
