Maktabdagi nizo sababli öquvçilarning ota-onalari jazolandi

Matn19-aprel, 2019, 17:482 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Öqituvçini çegaradan çiqişga majbur qilgan öquvçi, şuningdek ularning nizosini videoga olib tarqatgan öquvçining ota-onalari maʼmuriy javobgarlikka tortildi

Xalq taʼlimi vazirligi Şayxontohur tumanidagi 141-umumiy örta taʼlim maktabida öqituvçi va öquvçi örtasida çiqqan nizo böyiça quyidagiça bayonot berdi:

«Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda Şayxontohur tumanidagi 141-umumiy örta taʼlim maktabi öqituvçisi B.Mirzayeva öquvçisiga nisbatan qöpol xatti-harakatlar sodir etganligi haqidagi videolavha eʼlon qilindi.

Mazkur holat Xalq taʼlimi vazirligining Huquqiy-nazorat xizmati tomonidan örganilganda, 9-sinf öquvçisi I.B. dars jarayoniga xalaqit bergani maʼlum böldi. Öqituvçining tanbehiga qaramay, u baland ovozda gapirib, darsga xalaqit bergan.

Öquvçining qöli kikboks sport tögaragida lat yegani sababli gipsda bölgan. Öqituvçi öquvçiga “Öng qöl bilan yozsang böladi-ku”, deganida, bola pedagogni haqorat qilgan. Bu gaplarni kötara olmagan öqituvçi öquvçini bir neça bor turtgan, lekin urmagan.

Uşbu jarayonni şu sinf öquvçisi R.M. uyali telefoniga tasvirga olib, sinfdoşi S.K. va M.A.ga Telegram messenjeri orqali yuborgan.

2018-yilning 13-yanvarida öquvçi B.I. maktabning içki tartib qoidalariga rioya qilmaganligi, tengdoşlari bilan özaro kelişmovçiligi hamda pedagog xodimlarga nisbatan qöpol munosabati sababli taʼlim muassasasi içki röyxatiga olingan. Maktab maʼmuriyati, sinf rahbari, psixolog hamda profilaktika noziri tomonidan tuşuntiriş hamda profilaktik işlar olib borilganligi natijasida öquvçi ijobiy tomonga özgargan. 2018-yil 17-mayda maktabning içki nazoratidan çiqarilgan.

Joriy yilning 18-aprel kuni 141-umumiy örta taʼlim maktabida jamoatçilik iştirokida Voyaga yetmaganlar işlari böyiça Şayxontohur tumani idoralararo komissiyasi sayyor majlisi ötkazildi va mazkur iş körib çiqildi.

Komissiya qaroriga köra, B.I. va R.M. ota-onalari Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 47-moddasiga asosan jarimaga tortildi.

Mazkur moddaga köra, ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, şu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etişiga olib kelişi — EKIH ikkidan bir qismidan uç baravarigaça miqdorda jarima solişga sabab böladi.

Öqituvçi B.Mirzayeva mazkur vaziyatdan söng işdan böşaş haqida ariza yozgan. Ammo sinfning boşqa öquvçilari öqituvçi haqida ijobiy fikr bildirganlar va B.Mirzayevaning arizasi inobatga olinmagan. Öqituvçi uşbu maktabda öz faoliyatini davom ettiradi».

Mana şunaqa gaplar.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek