Siyosiy partiyaning super-kontraktlar haqidagi bayonotiga munosabat
Bir bayonot haqida
Yurtimizdagi bir partiyaning Siyosiy Kengaşi Ijroiya qömitasi kotibiyat mudiri, ekspertlar guruhi rahbari super-kontraktlarning miqdorlari qimmatligi haqidagi bayonot bilan çiqibdi (partiya nomini aytmayman, tağin saylov oldi atayin bizni yerga uriş uçun buyurtma olgan, deb gapirib yurişmasin).
Super-kontrakt miqdorlarining qimmatligi va ularni tölaş tartibiga oid takliflarimni 1 oy oldingi «Hukumatga talabalarning tölov-kontrakti böyiça takliflar» nomli postimda batafsil yozganman, şu sababli bu haqda ortiqça töxtalmoqçi emasman.
Lekin bayonotdagi 2 ta jihat juda qiziq.
Birinçidan, bayonotda «ayni paytda mamlakatimizda eng kam oylik iş haqi 223 000 ming söm bölgan bir paytda» deyiladi. Vaholanki, 1-sentabrdan Özbekistonda eng kam oylik iş haqi degan atama bekor bölgan, uning örniga iş haqlari uçun «mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori» degan atama yuritiladi va u 634 ming 880 söm etib belgilangan.
Albatta, bu bayonotning asosiy mohiyatini özgartirmaydi, lekin şunçaki siyosiy partiyaning kotibiyati mudiri, ekspertlar guruhi rahbari yurtimizda bölayotgan özgarişlardan bexabarligi meni juda hayron qoldirdi.
Ikkinçidan, bayonotda "super-kontrakt narxlarini nega bunaqa belgiladinglar, bunga vakolatinglar bormidi özi", deya Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligiga murojaat qilingan. Vaholanki, super-kontrakt narxlarini vazirlik belgilmaydi, buni Taʼlim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi özining yiğiliş bayonnomasi (protokol) bilan tasdiqlab bergan. Uşbu komissiyaga Boş vazir Abdulla Aripov rahbarlik qiladi.
Yuqorida aytganimday, bu ham masala mohiyatiga jiddiy taʼsir qilmaydiyu, ammo baribir siyosatçilarimiz bunday bayonotlar berayotganda nega masalani jiddiy örganib körmas ekan, deya ajablanaman xolos.
Hay, mayli. Saylov oldi mana şunaqa çiqişlar va özaro media-janglar bölgani yaxşi (bayonotda boşqa bir partiyaga toş ham otilgan, xuddiki “taʼlim sizlarning işingiz, bizga unça aloqasi yöq, nega sizlar jimsizlar” deganday). Xorijda bundan beş battarlarini ham köp körganmiz, partiyalar bir-birini öta jiddiy tanqid qilişadi, loydan olib, balçiqqa solişadi baʼzan.
Faqat bu kabi faollik har gal saylovga yaqin qolganda emas, har doim bölsa yomon bölmasdi. Va yana öşa bayonotda aytilganiday, bu kabi çiqişlar şunçaki nomiga xalqqa yoqiş uçun emas, masalani çuqurroq, jiddiyroq tahlil qilib, real takliflar bilan töldirilsa bir ajoyib iş bölardi. Xalq uçun amalda foyda bölardi.
❗️Umuman olganda joriy yil saylovlar qiziq ötadiganga öxşaydi, şunga qiziqib ketyapman ))
Şaxsiy fikr: super-kontraktni arzonlaştiriş yölini bilaman, buning uçun oddiy kontraktlarni narxini qimmat qiliş kerak 😄 (hazil, darrov toşböron qilmanglar yana).
Çunki oddiy kontrakt tölovçilarning birortasi ham öziga sarflangan xarajatni qoplamaydi, davlat ğaznasidan kontraktçilarning zararini qoplab kelyapti. Şu sababli qöşimça yuk noiloj super-kontraktçilar gardaniga tuşyapti. Oddiy arifmetika bu.
Yöqsa 300 mln söm atrofidagi summa yurisprudensiya uçun, 200 mln söm atrofidagi summa tibbiyot uçun aqlga siğmas darajada qimmat. Puliga yaraşa arzimaydi. Bu endi alohida katta mavzu.
👉 @xushnudbek 👈
