Öqişni köçiriş va super-kontrakt böyiça yangi tartiblar
Audio
0:00 / 8:59
Oliy va örta maxsus taʼlimi vaziri Abduqodir Toşqulov bilan suhbatda öqişni köçirişga oid ayrim savollarga ham javob berdi.
✅ Agar farğonalik talaba hozir Samarqandda öqiyotgan bölsa va öqişini özining doimiy yaşaş manziliga köçirmoqçi bölsa, unda imtihonsiz va heç qanday tölovsiz mos va turdoş bölgan yönalişga köçira oladi. Agar talaba mos va turdoş bölmagan boşqa yönalişga köçirmoqçi bölsa, unda bir martalik super-kontrakt tölovini tölaş talab etiladi.
✅ Mos va turdoş bölmagan istalgan yönalişga super-kontrakt tölagan holda öqişni köçiriş mumkin. Masalan, biologiyadan tibbiyotga, pedagogikadan yurisprudensiyaga va h.k.
❗️Lekin agar talaba yuqori kurs bölsa va ötilgan fanlar farqi katta bölsa, unda bitta pastki kursdan öqişni köçiradi, yaʼni bir (yoki ikki) yil yöqotişi mumkin.
Şuningdek, vazir suhbat çoğida tabaqalaştirilgan tölov-kontraktning minimal miqdorlari qança bölişi haqida ayrim yönalişlar kesimida maʼlumot berdi.
Qolganini ovozli xabarda eşitişingiz mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 2


