Samarqand davlat tibbiyot instituti ISO sertifikatini oldi

Albom28-iyun, 2021, 17:012 daqiqa0 koʻrish

Samarqand davlat tibbiyot instituti ISO sertifikatini oldi

«Yuqumli kasalliklar – dolzarb masalalar, yutuqlar, aholi soğliğini muhofaza qilişga innovatsion yondaşuvlar» mavzusida bölib ötgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada Slovakiyaning favqulodda va muxtor elçisi Yan Bori Samarqand davlat tibbiyot institutiga xalqaro ISO sertifikatini topşirdi.

Dunyoning 20 ga yaqin tibbiy bilim yurtlaridan yetakçi olimlar va soha mutaxassislari maʼruza qilgan mazkur anjumanda zamonaviy tibbiyot, jumladan, yuqumli va parazitar kasalliklar, Covid-19 va OIV infeksiyasiga oid muammolari muhokama qilindi.

Tadbirni Rossiya Federal tibbiy-biologik agentligining Yuqumli kasalliklar böyiça bolalar ilmiy-klinik markazi prezidenti, akademik Yuriy Lobzin, Ukraina Milliy tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Mixail Andreyçin, Astraxan davlat tibbiyot universiteti prezidenti Xalil Galimzyanov, AQŞning Kasalliklarni nazorat qiliş va oldini oliş Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy markazi direktori Daniel Singer va boşqalar bevosita onlayn kuzatib borişdi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek