Bankomatlar naqd xorijiy valyuta berişni töxtatadi
Özbekistonda 1-oktabrdan boşlab bankomatlar naqd xorijiy valyuta berişni töxtatadi. Bu haqda «Ipak yöli» bankining press-relizida maʼlum qilingan.
«Özbekiston rezidentlari ‘Ipak yöli’ banki kassalarida xalqaro tölov kartalaridan naqd xorijiy valyutani tösiqlarsiz yeçib olişlari mumkin. Ayni vaqtda şuni maʼlum qilamizki, joriy yilning 1-oktabridan boşlab bankning xalqaro tölov tizimlari (Visa, MasterCard va UnionPay)ga xizmat körsatuvçi barça bankomatlari xalqaro tölov kartalaridan (xususan, ‘Ipak yöli’ banki tomonidan emissiya qilingan xalqaro tölov kartalaridan) naqd pulni faqat milliy valyutada beradi», — deyiladi bank bayonotida.
«Kun.uz»ning xabar berişiça, 24-sentabrdan boşlab baʼzi bankomatlar xalqaro tölov kartalaridagi pulni faqat milliy valyuta (söm)da naqd çiqarib berişni boşlagan. Ayni vaqtda bankomatlar ayirboşlaş va bank tomonidan çiqarilgan xalqaro tölov kartalarini töldiriş uçun naqd dollarlarni qabul qilişda davom etmoqda.
«1-oktabrdan boşlab rezidentlar Özbekistondagi bankomatlardan (nafaqat bizning, balki boşqa banklarning ham) naqd xorijiy valyutani yuqorida körsatib ötilgan tartibda yeçib olişlari mumkin, norezidentlar esa faqat milliy valyutada pul yeçib ololadi. Hozirgi vaqtda bankimiz bankomatlarning dasturiy taʼminotini qayta sozlaş işlarini boşladi», — deya maʼlum qildi «Ipak yöli» banki vakillari.
Bank matbuot xizmatining qöşimça qilişiça, Özbekiston rezidentlari bank mobil dasturida sömni xorijiy valyutaga konvertatsiya qilib, bank kassalarida naqd xorijiy valyuta yeçib olişi mumkin. Bunda fuqaroning yonida içida xorijiy valyuta bölgan xalqaro tölov kartasi va pasport bölişi lozim. Markaziy bankdan «Kun.uz»ga maʼlum qilişlariça, bu çoralar birinçi galda jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraş doirasida körilmoqda.
«Istalgan normal mamlakatda, hatto qöşni mamlakatlarda ham, bankomatlar orqali faqat milliy valyuta oliş mumkin. Markaziy bank haqiqatan ham mamlakatning barça banklariga tegişli körsatma bilan xat yöllagan. Özbekistonliklar bankomatlardan naqd xorijiy yeçib ololmaydi, lekin pasport bilan bank kassasiga borib, naqd xorijiy valyuta yeçib oliş mumkin böladi», — dedi Markaziy bank vakili.
