Onlayn-notarius loyihasida propiska böyiça savol
Adliya vazirligining "Onlayn-notarius" loyihasi davom etmoqda. Bugun soat 15.00-dan boşlab, Feysbukdagi "Adliya bilan muloqot/Dialog s yustitsiyey" sahifasi orqali vazir örinbosari A.Toşqulov savollarga berişni boşlaydi.
Men ham uşbu loyihaga savol yuborganman. Savolim quyidagiça:
Toşkent şahrida 11-band bilan doimiy propiska qilingan şaxs notarius orqali uy-joy oldi-sotdi şartnomasini tuzişi uçun propiskaga kirganiga 3 yil tölganligi töğrisida maʼlumotnoma taqdim qilişi kerakmi yoki öşa taşkilotda işlayotganiga 3 yil tölganligi haqida maʼlumotnoma söraladimi? Yaʼni taşkilotda işlayotganiga 3 yildan oşgan xodim propiskaga kirganiga hali 3 yil tölmagan bölsa ham, uy-joy oldi-sotdi şartnomasini tuza oladimi?
Bu masalada amaliyotda doim ikkilanişlar böladi. 11-band bilan doimiy propiskaga kirgan köpçilik xodimlar propiskaga kirganimga 3 yil tölişi kerak deb, öylaşadi. Aslida ham şunaqami? Adliya vazirligining rasmiy javobini kutamiz.
Menimça, bu savol köpçilikka qiziq bölsa kerak.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
