OTMlarda taʼlim sifatiga tösiq bölayotgan muammolar

Matn6-iyun, 2018, 05:001 daqiqa0 koʻrish

Eng avvalo Prezident qarorida OTMlarda taʼlim sifatini oşirişga tösiq bölayotgan bir qator muammolar sanab ötildi, xususan:

birinçidan, oliy taʼlim tizimida öqitişni taşkil etiş jarayoni, taʼlim olayotgan talabalar bilimini baholaş tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti;

ikkinçidan, professor-öqituvçilarning faoliyatini, bilimini va pedagogik könikmasini baholaşning zamonaviy tizimi mavjud emasligi taʼlim sifatiga salbiy taʼsir körsatmoqda;

uçinçidan, oliy taʼlim muassasalariga kiriş test savollari abituriyentning mantiqiy fikrlaş qobiliyatini aniqlaş imkonini bermayotganligi iqtidorli yoşlarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilişda muammolar keltirib çiqarmoqda;

törtinçidan, oliy taʼlim muassasalaridagi taʼlim jarayoni ustidan samarali jamoatçilik nazoratining örnatilmaganligi uşbu sohada köplab muammolarning, eng avvalo, korrupsiya holatlarining saqlanib qolişiga sabab bölmoqda;

beşinçidan, oliy taʼlim muassasalarining mamlakatda amalga oşirilayotgan keng qamrovli va tizimli özgarişlardagi iştiroki hamda taşabbuskorligi sezilmayapti, ularning uşbu yönalişdagi faoliyati hanuzgaça qoniqarsiz bölib qolmoqda;

oltinçidan, respublikamizda olib borilayotgan tub islohotlarning mazmuni va mohiyatini ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga, keng jamoatçilikka tuşuntirişda oliy taʼlim muassasalarining faol iştiroki yölga qöyilmagan;

yettinçidan, oliy taʼlim muassasalari innovatsion va texnologik ğoyalar bilan fikr almaşadigan muloqot markazlariga aylanmagan, tegişli sohalarda mavjud muammo va kamçiliklarni tizimli örganiş, tahlil qiliş va ularning yeçimi böyiça taklif kiritiş borasida professor-öqituvçilar, yoş olimlar va talabalarning taşabbus körsatişlari uçun zarur şart-şaroitlar yaratilmagan.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek