Davlat OTMlari özini-özi moliyalaştirişga ötişi mumkin
Yaxşi xabar: kelgusi yildan özini-özi moliyalaştiruvçi davlat OTMlari paydo böladi
«Oliy va örta maxsus taʼlim tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi Prezident qarori loyihasi jamoatçilik muhokamasi uçun eʼlon qilindi.
Qarorda oliy taʼlim tizimidagi ayrim muammo va kamçiliklar sanab ötilgan. Şu bilan bir qatorda hujjat loyihasida tizimni rivojlantiriş yölida ayrim özgarişlar ham belgilangan.
Xususan, 2019-yil 1-yanvardan:
👉 Oliy va örta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazini tugatiş;
👉 fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalariga ega xodimlarga 30 foiz, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega xodimlariga 35 foiz oylik iş xaqiga Davlat byudjetidan ustamalar beriş;
👉 Vazirlikning markaziy apparat xodimlariga ustamalar belgilaş (3-5 yilgaça – 10%; 5-10 yilgaça – 20%; 10-20 yilgaça – 30%; 20 yildan ortiq – 40%);
👉 2019/2020 öquv yilidan boşlab tajriba tariqasida bir qator OTMlarni bosqiçma-bosqiç özini-özi moliyalaştiriş tizimiga ötkaziş;
👉 2022-yilning 1-yanvariga qadar özini-özi moliyalaştiriş tizimiga ötkazilgan davlat OTMlariga bir qator soliq imtiyozlarini beriş taklif qilinmoqda.
Eslatib ötamiz, uşbu loyiha xuddi şu matnda yoki özgariş kiritilgan holda tasdiqlanişi yoxud rad qilinişi ham mumkin. Sizning takliflaringiz oliy taʼlim tizimini rivojlantiriş uçun muhimligini unutmang.
Kiring va takliflaringizni qoldiring: https://regulation.gov.uz/uz/document/1522
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
- 👍 1

