SSSR Konstitutsiyaviy nazorat qömitasining propiska haqida xulosasi

Matn17-dekabr, 2018, 10:002 daqiqa0 koʻrish

​​Moziyga qarab iş tutmoq xayrlidur

SSSR KONSTITUTSIYAVIY NAZORAT QÖMITASI

XULOSA
1991-yil 11-oktabr, № 26 (2-1)

FUQAROLAR PROPISKASINING RUXSAT BERUVÇI TARTIBI TÖĞRISIDA

KÖÇIRMA
(norasmiy tarjima)

SSSR xalq deputatlari Syezdida Inson huquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasining qabul qilinganligi munosabati bilan SSSR Konstitutsiyaviy nazorat qömitasi öz taşabbusi asosida propiskaga oid qonunçilik masalalarini qayta körib çiqdi va quyidagilarni belgiladi.
...
Ruxsat beriş mazmunidagi propiska tizimi fuqarolarning harakatlaniş erkinligini asossiz ravişda çeklaydi.

Işga joylaşiş propiskaning borligi bilan belgilanadi. Propiskasiz xodimlarni işga olganlik uçun mansabdor şaxslarga javobgarlik belgilangan. Moskva şahrida boşqa hududlardan kelgan fuqarolarni işga qabul qilişga töğridan-töğri taqiq mavjud. Bu kabi qoidalar SSSR Konstitutsiyasining 40-moddasi va Inson huquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasining 23-moddasiga zid.

Propiska tizimi SSSR Konstitutsiyasida mustahkamlab qöyilgan mulkdor böliş huquqini inkor qiladi. Fuqarolar öz uy-joyi va kvartirasi, dala hovlisi, garajini sotiş, hadya qiliş, ularni ijaraga beriş yoki ularga oid boşqa bitimlarni tuzişda oluvçi tomon ham öşa hududning propiskasiga ega bölişi talab etiladi. Uy-joy bozoriga qöyilgan bunday asossiz tösiqlar öz navbatida erkin tadbirkorlik, pul, tovar va xizmatlarning erkin harakatlanişiga ham tösiq bölmoqda.

Şunga köra, SSSR Konstitutsiyaviy nazorat qömitasi quyidagi xulosa keldi:

1. Propiska haqidagi yöriqnoma hamda SSSR Hukumatining propiskaga oid boşqa qarorlarining fuqarolarning yaşaşi, iş va öqişga joylaşişi, uy-joy, kvartira, dala hovli, garajlarga mulk huquqining vujudga kelişi uçun maʼmuriy organlardan ruxsat olişi, şuningdek uşbu majburiyatlarni buzganligi uçun javobgarlikning belgilanişiga oid qoidalari SSSR Konstitutsiyasi, Inson huquqlari va erkinliklari Deklaratsiyasi hamda inson huquqlariga oid xalqaro aktlarga muvofiq emas..
...
4. Erkin harakatlaniş, yaşaş va turar joyini erkin tanlaş huquqiga asossiz çeklovlar örnatilgan idoraviy hujjatlar, mahalliy hokimiyat va boşqaruv organlarining qarorlariga, şuningdek davlat idoralarining propiska huquqini sotişga doir harakatlariga prokuror nazorati organlari tomonidan protestlar keltiriş zarur, deya hisoblansin.

SSSR Konstitutsiyaviy
nazorat qömitasi raisi
S.ALEKSEYEV

Manba

== • == • == • == • == • == • ==

Yaqin soatlar içida mavzuga oid batafsil maqolamni eʼlon qilaman, Xudo xohlasa.

Propiskaga oid boşqa fikrlar: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek