Konstitutsiyaviy sudning 23 yillik faoliyati tahlili
Kun.uz saytida huquqşunos Akmal Niyazmetov muallifligidagi «Qarorlar bor, amaliy özgarişlar yöq. Konstitutsiyaviy sudning 23 yillik faoliyatiga nazar» nomli juda yaxşi tahliliy maqola eʼlon qilindi.
Ançadan buyon Konstitutsiyaviy sud faoliyati haqida şu kabi maqola qiliş niyatim bor edi, Akmal Niyazmetov masalani men öylagandan ham yaxşiroq yoritibdi.
Maqoladan parçalar:
«Faoliyatiga 23 yildan oşganiga qaramay, Konstitutsiyaviy sud huquqiy tizimni takomillaştiriş, qonun ustuvorligi, demokratiya, inson huquqlari, Konstitutsiyaning boşqa qonun hujjatlaridan ustunligini taʼminlaşga deyarli heç qanday hissa qöşmadi.
Konstitutsiyaviy sud bugungaça atigi 32 huquqiy masala yuzasidan qaror qabul qilgan. Bu yiliga örtaça 1,4 qaror qabul qilindi deganidir. Yaʼni, yiliga heç bölmasa ikkita qaror qabul qilinmagan».
Muallif Konstitutsiyaviy sud çiqargan qarorlarni yillar kesimida ham tahlil qiladi. Eng eʼtiborli tomoni, Konstitutsiyaviy sud 2010-yildan toki 2018-yilgaça atigi 2 tagina qaror qabul qilgan (2014 va 2018). Soliq tölovçi fuqarolarda haqli savol tuğiladi: şunça yil Konstitutsiyaviy sud nima iş qilgan özi?
Şuningdek, maqola muallifi KS allaqaçon körib çiqişi kerak bölgan masalalarni sanab ötgan, bular: propiska, söz erkinligi, çet elga çiqişga ruxsat oliş va diniy erkinliklar.
Xullas, maqolani öqib çiqişni tavsiya qilaman.
Muallif heç narsani börttirmagan, maʼlumotlarni osmondan olib yozmagan, şunçaki Konstitutsiyaviy sudga közgu tutgan xolos.
Kanalga ulaniş: 👇
👉 @xushnudbek 👈

