Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş huquqi kengaytiriladi
Dastur loyihasidagi yana bir eʼtiborli band, bu Konstitutsiyaviy sudda körib çiqiş uçun masalalar kiritiş huquqiga ega bölgan subyektlar sonini köpaytiriş böyiça qonun loyihasi tayyorlaş haqidagi banddir.
Unga köra, quyidagi subyektlar ham kelgusida Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilişlari mumkin:
- jismoniy va yuridik şaxslar;
- Prezident huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil;
- Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi milliy markazi;
- viloyatlar va Toşkent şahar xalq deputatlari Kengaşlari.
Qonun loyihasi 2020-yil 1-avgustga qadar tayyorlanişi kerak. Yaʼni bu degani 1-avgustgaça qonun qabul qilinmaydi, şunçaki loyiha tayyorlanadi xolos. Qonun qabul qilinişi uzoqroq vaqtga çözilişi mumkin.
Lekin meni hayron qoldirgan jihat, jismoniy va yuridik şaxslarga ham Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş huquqini beriş töğrisidagi qonun loyihasi ötgan yili may oyida Adliya vazirligi tomonidan muhokamaga qöyilgandi (https://regulation.gov.uz/uz/document/3438). Bu haqda ötgan yili kanalimda yozgandim ham.
Öşa loyiha taqdiri nima böldi? Endi yana boşqa loyiha tayyorlanadimi? Hay, nima bölsa ham tezroq şu qonun qabul qilinsa yaxşi bölardi. Intiqlik bilan kutamiz.
👉 @xushnudbek 👈
