Ibodat libosi atamasini qonunçilikdan çiqariş muhokama qilindi

Matn14-sentabr, 2020, 19:181 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yaxşi xabar

Aytişlariça, bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasi fraksiyalarida "Vijdon erkinligi va diniy taşkilotlar töğrisida"gi qonunga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş böyiça qonun loyihasi, xususan, qonunçilikdan "ibodat libosi" atamasini çiqarib taşlaş masalasi muhokama qilingan.

Jumladan, adliya vaziri örinbosari bu özgartişlar ortidan kelib çiqadigan ijobiy natijalar, xususan, Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli özgartirişlar kiritilişi masalasi ham körib çiqilişi töğrisida gapirgan.

Şaxsan men uşbu qonun loyihasini töliq qöllab-quvvatlayman. Xususan, "ibodat libosi" bilan boğliq norma amaliyotda şu paytgaça biror ijobiy foyda keltirmagan, aksinça nafaqat vijdon erkinligini çeklaş yoki qiyinçilik tuğdiriş, balki kimlargadir yoqmay qolgan insonlarni "diniy maqom" bilan jazolaş uçun riçag bölib xizmat qilgan. Sönggi yillardagi diniy bağrikenglik böyiça qilinayotgan özgarişlarning mantiqiy davomi sifatida mazkur özgariş Hukumatning ijobiy imijiga yaxşi taʼsir qilişi, insonlarda işonçni yanada mustahkamlaşi tabiiy.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek