Alkohol va tamakini çeklaş töğrisidagi qonun muhokamasi

Albom3-dekabr, 2021, 12:222 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Bir muammo boşqasini inkor qilmasligi kerak

Oliy Majlis Qonunçilik palatasining hozirgi yalpi majlisida «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilişi hamda isteʼmol qilinişini çeklaş töğrisida»gi qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu juda muhim qonun. Çunki gap bu yerda fuqarolar, ayniqsa yoşlar salomatligi haqida ketmoqda.

Ammo YouTube'dagi izohlarga qarasak, aksariyat izoh qoldirayotgan insonlar uçun bu juda mayda masala. "Muhokama qilgani boşqa gap yöqmi, boşqa muammo qurib qoldimi" — odamlarning har doimgi şablon gapi. Insonlar faqat öz muammosini eşitişni xohlaydi, boşqalarning dardi, hattoki u butun xalq bilan boğliq muammo bölsa ham, unçalik qiziq emas. Şu yangamga, şu poççam, dermidi...

Albatta, 10-15 nafar insonlarga qarab, hammaga baho beriş notöğri. Barçadan bir xil fikrlaşni kutiş ham notöğri. Lekin bir muammo, boşqasini inkor qilmasligi kerak va faol jamiyat vakillari imkon qadar bu kabi muhim masalalarga befarq bölmasa yaxşi bölardi.

👉@xushnudbek👈

  • 👍 2
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek