Qonunçilik palatasi majlisi jonli efirda uzatilmoqda
Xushnudbek.uzFoto1 daqiqa0tahrirlangan
Parlament quyi palatasi yalpi majlisi jonli efirda namoyiş etilmoqda.
👉 https://www.youtube.com/watch?v=TcUvg3H5yEA
Senat allaqaçon bu işni boşlagandi, lekin negadir özgarişlarni köp ham xuşlamaydigan Qonunçilik palatasi bu işga şoşilmadi. Deputatlar nimalarni muhokama qilayotganini xalq bilib qolişini istaşmadimi, kim bilsin.
Ammo bu böyiça Prezident farmoni qabul qilindi va 1-dekabrdan boşlab Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati majlislari, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi sessiyalari telekanallar, şuningdek, Internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişi lozimligi belgilandi.
Şundan keyingina (balki noilojlikdan) Qonunçilik palatasi yalpi majlisi bugun jonli efirda uzatilmoqda. Har ne bölganda ham, uşbu oçiqlik bardavom bölsin, deymiz.



