Parlament yiğilişlari yana jonli efirda uzatiladi

Matn26-may, 2022, 20:021 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Yaxşi yangilik: Senat va Qonunçilik palatasi yiğilişlari yana jonli efirda uzatiladigan böldi

Oliy Majlis Senatining yigirma oltinçi yalpi majlisi 2022-yil 28-may kuni soat 10:00-da öz işini boşlaydi. Xabar berilişiça, yalpi majlis Senatning YouTube tarmoğidagi sahifasi orqali töğridan-töğri yoritib boriladi.

Şuningdek, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining yalpi yiğilişlari ham YouTube orqali jonli efirda namoyiş qilinadi. Xabar berilişiça, maʼlum texnik işlar yakunlangan, endi Parlament quyi palatasining asosiy majlislari yangiça formatda, Live efirga uzatiladi.

Avvalroq Parlament palatalari yiğilişlari jonli efirda namoyiş etilmay qöygani jamoatçilik eʼtiroziga sabab bölgandi.

👉 @xushnudbek 👈

  • 👍 843
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek