Parlament yiğilişlari jonli efirda namoyiş etiladi

Matn17-iyun, 2021, 20:332 daqiqa0 koʻrish

Parlament yiğilişlari jonli efirda namoyiş etiladi

Avval ham bir neça bor Parlamentning yetarli darajada oçiq emasligi haqida yozgandim. Keyinçalik Senat raisi almaşib, oçiqlik böyiça katta işlar qilindi, Yalpi majlisdan jonli efirlar yölga qöyildi, jurnalist va blogerlar bilan işlaş yangi bosqiçga çiqdi. Ammo Qonunçilik palatasi haqida bunaqa deya olmaymiz. Haligaça özlarini saylagan xalqdan baland panjaralar bilan “himoyalanib” olgan Qonunçilik palatasida qonun loyihalarini muhokama qiliş jarayonlari jonli efirda körsatilmaydi, loyiha maqomidagi va qabul qilingan qonunlar matni eʼlon qilinmaydi. Xullas, mana bu yerda yozilgan kamçiliklar hali ham öz kuçida desak böladi.

Töğri, oxirgi vaqtlarda Qonunçilik palatasi ham Hukumat soati şaklidagi yiğilişlarni jonli efirda uzatişni boşladi, buni ham aytiş kerak. Ammo bu hali oçiqlik uçun juda kam.

Bundan taşqari Qonunçilik palatasida ham, Senatda ham muhokama qilingan qonunlar uçun deputat va senatorlar qanday munosabat bildirgani, yaʼni kim yoqlab, rad qilib yoki betaraf qolgani, kim qaysi qonun taşabbuskori bölgani haqidagi maʼlumotlar ham oçiqlanmaydi. Axir xalq öz qahramonlarini yoki “qahramonlarini” bilişi kerak.

Xullas, keça qabul qilingan Prezident farmoniga asosan, Oliy Majlis palatalariga öz rasmiy veb-saytlarida quyidagi maʼlumotlarni joylaştiriş tavsiya etildi:

➖ parlament nazorati obyektlarining hisobotlarini eşitiş natijalari böyiça qabul qilingan qarorlar;

➖ Qonunçilik palatasida deputatning har bir qonun (qaror) loyihasini qabul qiliş yoki rad etişdagi, senatorning har bir qonunni (qarorni) maʼqullaş yoki rad etişdagi iştiroki töğrisidagi maʼlumotlar;

➖ Senati aʼzosi, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar hamda Toşkent şahar, tuman va şahar Kengaşlari deputatlari, saylov okruglari hamda ularning elektron poçta manzillari haqidagi maʼlumotlar.

Şuningdek, 2021-yil 1-dekabrdan boşlab quyidagi tadbirlar telekanallar, şuningdek, Internet tarmoği orqali jonli efirga uzatilişi taʼminlanadi:

➖ Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senati majlislari;

➖ Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, şahar Kengaşi sessiyalari (yopiq majlislar bundan mustasno).

Umid qilamizki, bu kabi oçiqlikka qöyilgan qadam Özbekistonda haqiqatda jonli va kuçli Parlament şakllanişiga yordam beradi, deputat va senatorlar masʼuliyatini oşirişga hissa qöşadi, ayrim “ölik jonlar”ni uyğotadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek