Fuqarolarga Konstitutsiyaviy sudga murojaat qiliş huquqi beriladi

Matn24-may, 2019, 10:502 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Mana buni yangilik desa böladi!

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisidagi qonun loyihasi eʼlon qilindi.

Unga köra, «Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi töğrisida»gi Konstitutsiyaviy qonunining 25-moddasiga (Konstitutsiyaviy sudga masalalarni kiritiş huquqi) quyidagi qöşimça kiritiş taklif qilinmoqda:

«Özlarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq bölmagan normativ-huquqiy hujjatlar bilan buzilgan deb hisoblovçi jismoniy va yuridik şaxslar»

Şuningdek, 27-moddasining (Konstitutsiyaviy sud majlisining iştirokçilari) birinçi qismi «adliya vaziri» degan sözlardan keyin «özlarining konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari Özbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq bölmagan normativ-huquqiy hujjatlar bilan buzilgan deb hisoblovçi jismoniy va yuridik şaxslar, ularning vakolatli vakillari» degan sözlar bilan töldirilişi mumkin.

Bu nima degani?

Şu paytgaça oddiy fuqarolar qonunlar va qarorlarning Konstitutsiyaga zidligi masalasida Konstitutsiyaviy sudga murojaat qila olmas edilar. Faqat quyidagi subyektlardagina bunday huquq bor edi:
• Oliy Majlis palatalari;
• Prezident;
• Vazirlar Mahkamasi;
• Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili (ombudsman);
• Qoraqalpoğiston Jöqorği Kengesi;
• Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida törtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi;
• Oliy Majlis Senati aʼzolari umumiy sonining kamida törtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi;
• Oliy sud;
• Boş prokuror;
• Konstitutsiyaviy sudning kamida uç nafar sudyasi taşabbusi bilan.

Şuning uçun ham yillar davomida Konstitutsiyaviy sud deyarli işlamagan, çunki qaror qabul qiliş uçun asos böladigan murojaat va şikoyatlar deyarli tuşmas edi. Eng yuqori davlat organlari qaysidir qonun yoki Prezident va Hukumat hujjatlarining Konstitutsiyaga zid ekanligi yuzasidan şikoyat bilan çiqişi kamdan-kam uçraydigan holat.

Misol uçun, 2010-yildan toki 2018-yilgaça Konstitutsiyaviy sud atigi 2 tagina qaror qabul qilgan (2014 va 2018). Şunçaki soliştiriş uçun aytiş mumkinki, birgina 2019-yilning dastlabki 4 oyi davomida Rossiya Konstitutsiyaviy sudi 19 ta qaror qabul qilgan.

Eʼlon qilingan uşbu loyihani mamlakatda qonuniylikni yanada taʼminlaş böyiça inqilobiy qaror deyiş mumkin. Töğri, aytişingiz mumkin, fuqarolarga murojaat huquqi berilgani bilan, bu Konstitutsiyaviy sudning sudyalari barça şikoyatlarini ijobiy körib çiqişiga kafolat emasku, deya. Fikringizda jon bordir. Lekin bu keyingi masala.

Butunlay taqiq bölgan holatda sifat bosqiçi haqida orzu qiliş ham imkonsiz edi. Endi esa öşa imkoniyat paydo bölmoqda, şikoyatlarni sifatli körib çiqiş masalasi esa vaqt davomida şakllanadigan narsa, bundan xavotir olmasa ham böladi.

Xullas, bu loyihani körib, xursand böldim. Yaxşi yangiliklar köpayaversin.

P.S.: agar şu qonun kuçga kirsa Konstitutsiyaviy sudga fuqarolar tomonidan kiritiladigan eng birinçi masala nima bölişini taxmin qiliş qiyin emas 😃

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek