Onlayn hujjat topşiriş uçun elektron imzo talab etilmaydi

Matn23-may, 2019, 21:002 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Onlayn hujjat topşiriş uçun elektron imzo talab etilmaydi
#abituriyent

Xabaringiz bölsa kerak, joriy yilda abituriyentlar uçun my.gov.uz portali orqali onlayn hujjat topşiriş imkoniyati ham beriladi. Yaʼni abituriyentlar uyidan çiqmasdan turib, internet orqali 5 OTMga (TDYUU, QDU, FarDU, SamDU, GulDU) hujjat topşira oladi. Yagona portal orqali ham uçtagaça yönalişni tanlaş imkoniyati böladi.

Eng quvonarlisi, soha mutaxassislarining aytişlariça, hujjat topşiriş uçun elektron raqamli imzo (ERI) talab etilmaydi.

Şunçaki abituriyentlar pasport seriyasi va raqamini hamda şaxsiy identifikatsiya raqamini (PIN FL) kiritsa kifoya, boşqa narsa kerak emas. Pasport va diplomlarning skaneri ham şart bölmaydi, raqamlarini kiritsa böldi.

PIN FL qanaqa raqamligi va uni qanday biliş mumkinligini mana bu yerda batafsil tuşuntirganman - https://t.me/xushnudbek/2055

Yagona portaldan hujjat topşiriş xizmati tekin böladi.

Faqat ötgan yili tugatgan abituriyentlar Yagona portaldan hujjat topşirmoqçi bölsa, 101 365 söm tölov qilinadi.

Yuqoridagilardan xulosa qiliş mumkinki, xorijdagi, masalan Rossiyadagi yoşlarimiz öqişga hujjat topşiriş uçun Özbekistonga kelişlari şart emas. Internet orqali öqişga hujjat topşirib, faqat imtihon kuniga kelişsa kifoya.

Faqat quyidagi abituriyentlar onlayn hujjat topşira olmaydi:

- alohida imtiyozga ega bölganlar (yaʼni turli mukofot sohiblari, olimpiada ğoliblari va h.k.);
- fuqarolik pasporti bölmagan şaxslar (masalan, 16 yoşga tölmaganlar);
- fuqaroligi bölmagan şaxslar.

Uşbu toifadagilar davlat xizmatlari markaziga şaxsan özlari borişlari şart.

Onlayn hujjat topşiriş tartibi bilan mana bu yerda tanişişingiz mumkin - https://t.me/xushnudbek/2141

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek