Navoiy viloyat maʼmuriy sudi raisi ayblanmoqda

Matn23-may, 2019, 18:391 daqiqa0 koʻrish

ÖZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDINING AXBOROTI

Navoiy viloyat maʼmuriy işlar böyiça sudi raisi Otabek Toşevga oid ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinayotgan maʼlumotlar yuzasidan

Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining şu yil 20-may kuni bölib ötgan majlisida Navoiy viloyat maʼmuriy sudi raisi O.Toşevni jinoiy javobgarlikka tortişga rozilik beriş töğrisidagi taqdimnoma maʼqullangan.

Otabek Toşev Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 206-moddasida (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etişda ayblanmoqda. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga köra, jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir şaxsning işi sudda qonuniy tartibda, oşkora körib çiqilib, uning aybi aniqlanmagunça u aybdor hisoblanmaydi.

Özbekiston Respublikasining “Sudlar töğrisida”gi qonuni 63-moddasiga muvofiq, viloyatlar va Toşkent şahar sudlarining raislari va rais örinbosarlari, Özbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi Özbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengaşining taqdimnomasiga binoan Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.

Manba

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek

Shu postdan oldin

  1. Mashina yuvishning zamonaviy usuli

    02 daqiqa

  2. Xushnudbek.uz kanalida so'rovnoma

    01 daqiqa

Yana oʻqing