«NG» harf birikmasining alifbodan çiqarilişi böyiça
«NG» harf birikmasining alifbodan çiqarilişi böyiça
Ijtimoiy tarmoqlarda «endi “bodring”, “mening”, “boring”, “keling” sözlarni qanaqa yozamiz?» deya berilayotgan savollardan biliş mumkinki, özgarişlar biroz notöğri talqin qilinmoqda.
«NG» harfi bilan yozuvda heç narsa özgarmaydi, bodring – bodring, mening – mening, boring – boring, keling - keling yozilaveradi. Yaʼni «ng» degan tovuş bekor qilinmayapti, uni talaffuzda işlataveramiz, şunçaki alifbodan alohida 2 ta harfdan taşkil topgan «ng» harf birikmasi çiqarib taşlanyapti va bu töğri qaror.
Misol uçun, ingliz alifbosida «sh» degan harf yöq, lekin “ş” tovuşi bor. Yaʼni s+h harflari yonma-yon kelsa, ular “ş” deb talaffuz qilib ketaveradi. Masalan, Shop degan sözni ular “shop” deb öqimaydi, aksinça “şop” deydi. Bizda ham «ng» tovuşi uçun alohida harf şart emas, talaffuzda fonetik birikma sifatida örganilgani maʼqul.
Taklifni eşitgaç, köpçilikni qörqitgan aldamçi tasavvur şu böldiki, endi “bodring” sözini – bodri, “keling” sözini – keli şaklida yozamiz, deya öylaşdi. Lekin bunday emasligini bilib oldingiz degan umiddaman.
Bolalar qiynalmaydimi?
Yana bir toifa insonlar alifbomizda «NG» harfi bölmasa, endi maktabga qadam qöygan öquvçilarga muammo bölişini taʼkidlaşmoqda.
Keling, «NG» alifboda bor va yöq bölgan variantni körib çiqamiz.
Alifboda bor (hozirgi holat)
Tasavvur qiling, 1-sinf öquvçisining oldidan 2 ta söz çiqdi:
“menga” va “mening”.
Bolalar bir qaraşda bularning qaysi birida şunçaki «n» va «g» harflari yonma-yon kelgan, qaysi birida «ng» harfi kelganini bila oladimi?
Yöq, bilolmaydi! Bu köz bilan yozuvda farqlanadigan holat emas. Bunday holatlar alohida fonetik qoidalar bilan bolalarga tuşuntiriladi.
Alifboda yöq
Alifbodan «ng» harfi çiqarib taşlandi, deylik. Öşa 2 ta söz qanday yoziladi:
“menga” va “mening”.
Farq bormi? Yöq! Avval qanday bölsa, şundayligiça yozilmoqda.
Demak, «NG» harfi alifboda bölsa ham, bölmasa ham, baribir qöşimça fonetik qoidalar (qaysi sözda qanday öqiş kerakligi) zarur bölar ekan.
Unda aytingçi, nima uçun alifboda biror amaliy foydasi yöq harf bölişi kerak?
Böğin köçiriş deysizmi? Dengiz sözini den-giz qilib köçiriş kerakmi yoki de-ngiz şaklidami, degan savolga «NG» alifboda bölsa ham, bölmasa ham baribir javobni fonetik qoidalardan topasiz.
Yangi harf joriy qiliş kerak
Uçinçi toifa insonlar esa «NG» tovuşi uçun harf birikmasi emas, balki alohida yaxlit yangi harf joriy etişni taklif qilişmoqda. Şunda talaffuz osonlaşar edi va tilimizda “ng” tovuşini saqlab qolardik, deyişmoqda ular. Bir qaraşda asosli taklif.
Lekin «NG» tovuşi uçun yangi harf joriy qilinsa, hammayoq imlo xatolariga tölib toşadi. Köçalar, TV, kitoblar, gazetalar, internet...
Aytaylik, alifboda «NG» tovuşi uçun yangi Ñ/ñ harfi joriy etildi, deb tasavvur qilaylik. Bir qaraşda bu yozuvda işni osonlaştiradigandek. Yaʼni ‘menga’ va ‘meniñ’ sözlarini farqlaş qulay böladi.
Ammo tanganing boşqa tomoni bor.
Tanga sözi tanga yoziladimi yoki taña? Mangu sözi mangu yoziladimi yoki mañu? Dengiz sözi dengiz yoziladimi yoki deñiz? Köngil sözi kóngil yoziladimi yoki kóñil?
Köryapsizmi, ayrim sözlarda özingiz ham ikkilanib qoldingiz. Bu xuddi “x” va “h” muammosiga öxşaydi. Yillar davomida har qança öqitsangiz ham, baribir odamlar xato yozaverişadi.
Agar «NG» tovuşi uçun yangi harf joriy qilinsa, kelgusida xuddi şunaqa tuganmas va oxiri yöq imlo muammosiga duç kelamiz. Musahhihlar uçun ortiqça yuk paydo böladi, jamiyatda imlo xatolari köpaygandan köpayib ketadi.
Bir narsani unutmaslik kerakki, alifboni isloh qiliş natijasida mavjud muammolarga barham berilişi kerak, aksinça yangi muammolar kelib çiqişi emas.
Yuqoridagilarga köra, «ng» harf birikmasini alifbodan çiqarib, «ng» tovuşini kelgusida “n+g” şaklida yozişda davom etiş – eng maqbul variant, deb hisoblayman. Bu heç qanday ziyon yoki talafotni keltirib çiqarmaydi. IMHO.
👉 @xushnudbek 👈
