Özbek lotin alifbosi islohoti va J harfi muammosi

Matn26-oktabr, 2018, 12:592 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

​​Yuqoridagi fikrlar👆 filolog va bloger Şahnoza Töraxöjayevaga tegişli.

Haqiqatdan lotin yozuvimizning uzoq kutilgan islohotiga yaqin qolgani kişini xursand qiladi. Nihoyat nazariyotçi olimlarimiz va amaliyotçi mutaxassislarimiz bir yoqadan boş çiqarişga harakat qilib (konferensiyadagi gap-sözlardan boşlar bir yoqadan çiqmayotganga öxşaydi), bir töxtamga kelişayotgani bu özbek tili uçun olamşumul ijobiy jarayon ekanligini tan olişimiz kerak.

Kanalim orqali ança avval lotin yozuviga asoslangan alifbomizni isloh qiliş kerakmi, degan savol bilan murojaat qilgan edim. Öşanda 583 kişi (68%) isloh qiliş tarafdori, 178 kişi (20,7%) hozirgidek qolişni yoqlagan bölsa, 98 kişi (11,3%) kirillçada yozişni davom ettirişini aytgandi.

Men öz pozitsiyamni doim aytib kelganman — alifbomizning islohoti suv va havodek zarur, degiçlar tarafdaman.

Oxirgi harakatlardan xulosa qiliş mumkinki, islohot bölişi aniq. Faqat bu qay körinişda, mana bunisi ham juda muhim. Islohotlar mavjud muammolarni bartaraf etişga yordam beradimi yoki u navbatdagi muammolarni keltirib çiqaradimi? Yoki muammoning yarmini yeçib, qolganini öz holiça taşlab qöyadimi?

Umid qilamizki, soha mutaxassislari bu böyiça nisbatan maʼqul variantni tanlaşadi. Barça uçun eng optimal variant bölmaydi baribir. Kimgadir u yoqadi, kimgadir bu. Hammaning könglidan çiqişni iloji yöq.

Masalan, menga "J" harfini ikkita qiliş taklifi mutlaqo yoqmadi.

Bizda bir muammoning yeçimi albatta keyingi muammolarni keltirib çiqarişi şartmi? Albatta oddiy xalq uçun yaxşigina "syurpriz" tayyor turişi kerakda, a?

Masalan, taklifga köra, bundan buyon quyidagiça yozilişi kerak:

Andijon - Andicon
Jajji - Cacci
Janjal - Cancal
Jonajon - Conacon
Jamol Kamol (yozuvçimiz) - Camol Kamol
Jamuljam - Camulcam
Jang-jadal - Cang-cadal
Jimjit - Cimcit
Jar - car
Onajon - Onacon

Obboooooo. Mana şunaqa takliflardan keyin «o’», «g’», «sh», «ch» harflari ham bir çiroyli körinib ketarkaney.

Alifboni isloh qiliş jarayonida hormay-tolmay mehnat qilayotgan insonlar, Sizlarga ming rahmat! Şu işga kim boş qöşayotgan bölsa, umridan baraka topsin. Lekin iltimos, iltimos, iltimos, "J"larimizga tegmanglar. "J"ga tegib, qattiq adaşyapsizlar. "J"larimizni tinç qöying. Yöqsa, hammayoq "J" bölib ketişi mumkin.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

  • 👍 1
Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek