Milliy tölov tizimiga Humo nomi berildi

Matn26-oktabr, 2018, 11:371 daqiqa0 koʻrish

Milliy tölov tizimiga «Humo» nomi berildi

Aholi fikriga asoslangan tölov tizimining brendini yaratiş maqsadida, joriy yilning 24-sentabr kuni Markaziy bank yangi taşkil etilayotgan tölov tizimining nomini aniqlaş böyiça tanlov eʼlon qildi.

Tanlovning birinçi bosqiçida 2,4 ming nafar fuqaro öz taklifini bildirdi. Ular orasidan eng köp bildirilgan uçta nom – Humo, Adras va Anor tanlab olindi.

Tanlovning ikkinçi bosqiçida, yuqorida keltirilgan uçta nomdan biriga ovoz berişda 4,0 mingga yaqin respondent iştirok etdi.

Ovoz beriş natijalariga köra, birinçi örinni 45,3% ovoz bilan «Humo» nomi egalladi.

Şu munosabat bilan tanlangan ğolib «Humo» nomini hisobga olgan holda milliy çakana tölov tizimining brendini işlab çiqiş böyiça işlar olib boriladi.

Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek