Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi isloh qilinadimi

Foto12-fevral, 2021, 11:561 daqiqa0 koʻrish

Alifbo isloh böladimi?

Keça Hukumat lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga töliq ötiş böyiça qaror qabul qilgani, lekin u yerda hozirgi alifboni isloh qiliş gap ketmagani haqida yozgandim.

Kun.uz naşrining «Yöl xaritasi»ni işlab çiqqan işçi guruh aʼzosiga tayanib xabar berişiça, «Yöl xaritasi»dagi birinçi bandda, yaʼni normativ-huquqiy hujjat loyihasini işlab çiqiş bandida lotin yozuvini isloh qiliş masalasi ham örin oladi.

Unga köra, alifbodagi muammoli hisoblangan «O‘, G‘» kabi harflarning ham isloh qilinişi nazarda tutilgan (suhbatdoşga köra, eng kamida şu ikki harf isloh qilinadi).

Bu albatta yaxşi xabar, özgarişlarni kutamiz. Lekin bu masala Hukumat qarorida aniq körsatilganda yanada yaxşi bölardi. Negadir 1-bandda bir oğiz ham alifbo islohi haqida yozilmabdi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek