Özbek alifbosini isloh qiliş böyiça takliflar eʼlon qilindi

Matn22-may, 2019, 10:542 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

Alifbo islohoti haqida

Keça Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti huzurida iş olib borgan lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini isloh qiliş böyiça işçi guruhning xulosalari eʼlon qilindi.

Taklif sifatida Işçi guruh tomonidan 29 harf va bir belgidan tarkib topgan takomillaştirilgan alifbo loyihasi işlab çiqildi.

Taklif etilayotgan özgarişlar quyidagiça:

I. Alifbodagi 4 ta harfning şaklini özgartiriş
O‘ => Óó
G‘ => Ǵǵ
Ch => Çç
Sh => Şş

II. Kirill-özbek alifbosidagi «Ts» harfi uçun lotin alifbosiga yangi harf kiritib, «C» şaklida ifodalaş;

III. Kirill-özbek alifbosidagi «NG» harfini harf sifatida alifbodan çiqariş (lekin tovuş sifatida tilimizda saqlanib qoladi).

Işçi guruh faoliyatiga juda oz bölsada, biroz aloqam böldi hamda uşbu takliflarni maʼqullab imzo çekkanlardan biriman. Şunga köra, yuqoridagi takliflarni yana bir bor qöllab-quvvatlaşimni bildirmoqçiman.

Har bir taklif özidan-özi işlab çiqilmagan, osmondan olinmagan. «Nega bu unday, nega bu bunday?» deya hayron bölayotganlar mana bu yerda işçi guruhning töliq xulosasi va argumentlari bilan tanişib çiqişi mumkin:

https://kun.uz/46955945

Eslatma: bu şunçaki taklif, hali parlament tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

P.S. köpçilik menga “özingizni lotin yozuvi tarafdori sifatida körsatasizu, lekin nega doim kirillçada yozasiz” deb söraşadi. Juda haqli eʼtiroz. Buning uçun xijolatdaman, lekin hozirgi lotin yozuviga asoslangan alifbomiz ham yoziş, ham öqiş uçun noqulay. Qaçonki lotin yozuvi isloh qilinib, parlamentda rasman tasdiqlangaç, töliqligiça “lotinçada” yozişga ötaman, bu aniq.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek