Lotin alifbosi islohoti muhokamasi muddati uzaytirildi
Lotin alifbosi islohotiga oid qonun loyihasi muhokamasi muddati 2021-yilning 1-noyabriga qadar uzaytirildi
"Bu muddat davomida masʼullar tomonidan qonun loyihasining zarurati va ahamiyatiga bağişlangan ilmiy anjumanlar, maʼruza va seminarlar ötkaziladi. Alifboga şakliy özgarişlar kiritilişi munosabati bilan talab etiladigan xarajatlar miqdori örganiladi. Şu bilan birga, OAVlarda takomillaşayotgan alifboning turli (fonetik, grafik, texnik, imlo) xususiyatlariga doir turkum körsatuv va maqolalar taşkil etiladi" deyiladi Davlat tilini rivojlantiriş departamentining xabarida.
Eslatib ötamiz, loyihaga köra, Özbekistonda lotin yozuviga asoslangan, 28 harf va 1 ta harflar birikmasidan iborat yangi özbek alifbosi taklif etilgan edi.
Undagi asosiy özgarişlar Ğ, Ö, Ç va Ş harflari bilan boğliq edi.
👉 @xushnudbek 👈
- 👍 1

