Talabalarning kontraktlari oşadimi

Matn21-may, 2019, 20:273 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️Endi talabalarning kontraktlari oşadimi?

Biroz avval 2019-yil 1-sentabrdan boşlab iş haqining eng kam miqdori örniga quyidagi miqdorlar belgilangani xabar qilindi:

👉 Mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori – 577 170 söm;
👉 Bazaviy hisoblaş – 202 730 söm;
👉 Pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – 202 730 söm.

Bu xabarni öqigan köpçilik, ayniqsa talabalar, uşbu yangilikdan söng, «endi eng kam iş haqiga boğlab qöyilgan kontraktlarimiz ham 577 ming sömdan hisoblanadimi», deya söraşmoqda. Masalan, iqtisod yönalişining kontrakti EKIH 50 baravari (10 mln 136 ming söm) edi, endi şu 577 ming sömdan hisoblansa, 28 mln 858 ming söm böladimi?

✅ JAVOB: Yöq, kontraktlar narxi oşmaydi.
Uşbu Farmonning kontraktlar oşişiga aloqasi yöq. Tuşuntiraman.

Faqat atama özgardi

Ilgari «eng kam iş haqi» degan tuşunça bor edi. Soliqlar, majburiy tölovlar, jarimalar, talabalarning kontrakti va boşqa narsalar aynan şu EKIHga boğlab qöyilardi. Masalan, falon yöl harakati qoidasini buzganlik uçun EKIHning falon miqdorida jarima deyilardi. Yoki notariusda oldi-sotdi şartnomani tasdiqlaganlik uçun EKIHning falon baravari miqdorida davlat boji deyilardi va h.k.

Köpçilik «eng kam iş haqi» miqdorini oyliklar bilan boğlar va “202 ming söm oylikka ham yaşab böladimi?” degan eʼtirozlar juda köp uçrar edi. Lekin eng qiziği Özbekiston hududidagi mehnat uçun tölanadigan eng kam iş haqi aslida 202 ming söm emasdi. U birmunça balandroq va iş haqlarining hisoblaniş tartibi alohida edi. Qiziqadiganlarga mana bu yoki mana bu maqolamni öqib körişni tavsiya qilaman, batafsil tuşuntirganman.

Razryad, tarif koeffitsenti degan tuşunçalar bilan hisoblaganda şu kungaça Özbekistonda 1 stavka uçun eng kam oylik iş haqi 577 ming 172 sömdan kam bölişi mumkin emas edi.

Xullas, faqat nomigina «eng kam iş haqi» bölgan, lekin aslida özi maoşni anglatmaydigan bu atama odamlarni doim çalğitardi.

Endilikda uşbu muammoga çek qöyilib atamalar nomi özgartirildi.

Yaʼni endi «mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori» degan atama paydo böldi va u 577 ming 170 söm etib belgilandi. Yuqorida aytganimdek, avval ham bu xuddi şunça miqdorda edi, heç narsa özgarmadi (faqat yaxlitlaş hisobiga 2 sömga kamayibdi).

Bundan keyin «mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori» degan atama bilan
• maoş
• ustamalar
• qöşimça haq
• gonorar va h.k.lar hisoblanadi.

Şuningdek, «bazaviy hisoblaş» degan atama ham paydo böldi va bu şu kungaça mavjud bölgan EKIH bilan bir xil – 202 ming 730 söm etib belgilandi. Mana şu aynan biz tepada gaplaşgan narsalarga, yaʼni soliqlar, yiğimlar, jarimalar, davlat bojlari va h.k.larga qöllanadi.

Masalan, bundan keyin “qizil çiroqda ötib ketganlarga EKIH 2 baravari miqdorida jarima solinadi”, deyilmaydi, balki “2 baravar bazaviy hisoblaş miqdorida jarima solinadi” deyiladi.

Yaʼni puli öşa-öşa, faqat atama özgardi xolos.

Va oxirgisi «pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori» degan atama ham paydo böldi, buning miqdori ham – 202 ming 730 söm etib belgilandi. Bu atama pensiyalar, ustamalar, qöşimça haq va kompensatsiya tölovlari, şuningdek, xodimlar soğliğiga yetkazilgan zararni qoplaşda qöllaniladi.

☝️ YAKUNIY XULOSA: uşbu Prezident farmoni bilan iş haqlari, pensiyalar, stipendiyalar, jarimalar, tölov-kontraktlar va boşqa şu kabi tölovlar oşişi kutilmayapti. Şunçaki mavjud atamalar boşqasiga almaştirildi hamda tuşunarli tilga ögirildi xolos.

P.S.: Farmonning boşqa maqsadlari ham boru, lekin bu yerda murakkablaştirgim kelmadi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek