1-fevraldan oylik va kontrakt miqdorlari oşişi haqida
1-fevraldan oylik iş haqlarining oşirilişi töğrisida kelib tuşayotgan savollar böyiça ikkita jihat haqida maʼlumot bermoqçi edim:
👉 ilk marotaba iş haqlari, stipendiya va pensiyalar mustaqil ravişda oşmoqda. Ilgari oylik oşsa, soliqlar ham, jarimalar ham, davlat bojlari ham oşardi. Ötgan yili köpçilik «eng kam iş haqi» degan atama nima uçun ikkiga ajralib, «mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori» hamda «bazaviy hisoblaş miqdori» atamalari paydo bölganida hayron bölgandi. Mana, öşa özgarişning ilk marta foydasi sezilmoqda;
👉 talabalarni qiziqtiradigan savolga keladigan bölsak, 1-martdan, yaʼni keyingi semestrdan davlat OTMlarida tölov-kontrakt miqdorlari ham 7 foizga oşadi, çunki kontraktlar aynan mehnatga haq tölaşning eng kam miqdoriga "boğlab qöyilgan". Bunda talabalar aynan 2-yarim yillik uçun qilinadigan tölovni 7% qimmatroq narxda amalga oşirişlari kerak böladi. Oldindan eski narxda tölab qöyganlar ham baribir oradagi farqni qayta hisob-kitob qilişlari lozim.
👉 @xushnudbek 👈



