Xuşnudbek Xudoyberdiyevning Yangi yil tabrigi
Xushnudbek.uzMatn1 daqiqa0tahrirlanganXayrli 2019-yil!
Milodiy taqvim böyiça yana bir yil tugab, yangisi boşlanişiga oz fursatlar qoldi.
Allohga behisob şukrlar bölsinki, ortda qolgan yil ham şaxsiy, ham kasbiy, ham ijodiy faoliyatimda men uçun juda barakali va xayrli yil böldi. Sinovli kunlarimdan quvonçli kunlarim köproq böldi.
Yaratgan özining köplab neʼmatlari va mukofotlari bilan siyladi. Asosiysi salomatlik, xotirjamlik hamda halol rizqidan ayirmadi.
Yutuqlardan quvondim, xatolarimdan xulosa qildim. Bir söz bilan aytganda ortda qolgan yilning har bir kunidan minnatdorman.
Aziz yurtdoşlar, hurmatli döstlar!
Kirib kelayotgan 2020-yilning har kuni Sizlar uçun xayrli bölişini, soğliq, baxt va quvonç doimiy hamrohlik qilişini tilayman.
Ona vatanimiz Özbekiston kelayotgan yilda yanada gullab-yaşnasin, xatolarimizdan ğalabalarimiz köproq bölsin, xalqimizning har bir vakili özini bugungi kundan ham köproq baxtli his qilsin, yurtimizni tinçlik tark etmasin.
Yil davomida yaxşi-yomon gaplarimga çidab, meni kuzatib, xatolarimni keçirib, qöllab-quvvatlab borgan barça muştariylardan minnatdorman. Salomat böling!



