Toşkentda vaqtinçalik propiskasiz böliş muddati uzaytirildi
Xushnudbek.uzMatn2 daqiqa0Toşkentda vaqtinçalik propiskasiz böliş muddati 5 kundan 10 kunga uzaytirildi
«Özbekiston Respublikasida doimiy va vaqtinça propiska qiliş tartibini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida» Hukumat qarori (1049-son, 28.12.2019 y.) qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.
Qarorga muvofiq:
👉 fuqarolarni propiska qiliş, propiskadan çiqariş va turgan joyi böyiça hisobga oliş yaşaş joyiga yaqin va ularga qulay bölgan xohlagan tuman (şahar) IIBlari tomonidan amalga oşiriladi;
👉 fuqarolarni propiska qiliş yoki turgan joyi böyiça hisobga olişda uy-joy mulkdorlari şaxsan iştirok etişi talab qilinmaydi, hujjatlar ularning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi;
👉 fuqarolar yangi yaşaş joyiga kelganda doimiy propiska qiliş yoki turgan joyi böyiça hisobga oliş uçun hujjatlarni taqdim etiş muddati 10 kungaça uzaytirildi.
Qaror bilan, Özbekiston fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş, propiskadan çiqariş va turgan joyi böyiça hisobga oliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, doimiy propiskaga ega böliş va turgan joylari böyiça hisobda turiş uçun fuqarolar DXMlarga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali murojaat qilişlari ham mumkin.
Davlat xizmatlari körsatiş uçun BHMning 2 foizi miqdorida davlat boji undiriladi.
Qarorga köra, fuqarolarni turgan joyi böyiça hisobga oliş sohasida davlat xizmatini körsatiş tajriba tariqasida Toşkent şahrining Bektemir va Çilonzor tumanlarida, 2021-yil 1-yanvardan boşlab esa respublika miqyosida faqat DXMlar orqali amalga oşiriladi.
Qaror bilan şuningdek,Çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslarni Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy va vaqtinça propiska qiliş tartibi töğrisidagi nizomlar tasdiqlandi.
Şuningdek, Toşkent şahrida va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliniş huquqiga ega bölgan şaxslar – çet el fuqarolari va fuqaroligi bölmagan şaxslar toifalarining röyxati tasdiqlandi.
❗️mazkur qarorda ikkilamçi bozordan doimiy propiskasiz uy sotib olişga ruxsat beriş töğrisida yengillik berilmagan.
👉 @xushnudbek 👈


