Boş prokuratura Şuhrat Ğaniyevning audioyozuvi böyiça bayonot berdi

Matn30-dekabr, 2019, 15:011 daqiqa0 koʻrish

Manba:Bosh prokuratura

​​BOŞ PROKURATURA RASMIY BAYONOTI

Joriy yilning 10-dekabr kuni Internet naşrlarida Farğona viloyati hokimi, senator Ş.Ğaniyevga tegişli hamda tahdid mazmunidagi tarqalgan audioyozuvdagi holatlar böyiça Boş prokuratura tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazildi.

Aniqlanişiça, ijtimoiy tarmoqlarda Quva tumani Avtoşohbekati yonidagi avtomobil yölida töplanib turgan taxminan 20-30 nafar fuqarolar tomonidan elektr va gaz taʼminotida uzilişlardan norozilik bildirilayotganligi aks etgan videolavha tarqalgan.

Viloyat hokimligida ötkazilgan selektor yiğilişida Ş.Ğaniyev Quva tumanidagi holat böyiça tuman hokimiga yuzlangan holda muomala madaniyatidan çetga çiqib, tahdidiy va qöpol sözlar işlatgan. Uşbu holat nomaʼlum şaxs tomonidan yozib olinib, tarqatilgan.

Tergovga qadar tekşiruvda joriy yilning 2-dekabr kuni bölib ötgan selektor yiğilişida Ş.Ğaniyev tahdidiy va qöpol sözlarni işlatganligi aniqlandi.

Ş.Ğaniyevning sözlarida inson hayotiga va soğliğiga tajovuz qiladigan real tahdid, yaʼni ularni amalga oşirilişidan xavfsiraş uçun asoslar mavjud emasligini inobatga olib, mazkur holat yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeksi talablari asosida jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qaror qabul qilindi.

Biroq, Ş.Ğaniyev davlat hokimiyati va boşqaruvi organi mansabdor şaxsi böla turib, Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari talablarini buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini körib çiqiş uçun Vazirlar Mahkamasiga xat yuborildi.

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek