Özbekistonda propiska tizimini isloh qiliş loyihasi
⚡️Propiskaga oid yangi loyiha muhokama uçun eʼlon qilindi. Bu safar xalq uçun köp yaxşi yangiliklar bor
Prezident Şavkat Mirziyoyev propiska tizimini soddalaştiriş kerakligini gapirgan hamda Farmon asosida belgilab bergan edi.
Ammo maʼlum muddat ötib eʼlon qilingan loyiha ayrim jihatlari bilan propiskani soddalaştiriş emas, balki aksinça oğirlaştirişga qaratilganini tanqid qilib çiqqan edik.
Bugun propiskaga oid yangi loyiha eʼlon qilindi va bu oldingisiga qaraganda yer bilan osmonça farqi bor. Albatta xalq uçun yaxşi tomonga.
Xöş nimalar özgarişi mumkin?
👉 «propiska» tuşunçasi bekor bölib, örniga «röyxatdan ötkaziş» tuşunçasi kiritilmoqda;
👉 köp bora biz alam bilan tilga olgan qoida, yaʼni Toşkentdan uy sotib olayotganda propiskasiz şaxslarga davlat bojining öta qimmat stavkasini tölaş haqidagi talablar bekor qilinmoqda;
👉 birinçi va ikkinçi darajadagi qarindoşlarni nafaqat özi doimiy röyxatda bölgan manzilga, balki egaligidagi boşqa uy-joyga ham doimiy röyxatga qöyiş huquqi nazarda tutilmoqda;
👉 er-xotinning nikohdan keyin bir yil davomida birgalikda yaşaş şarti va bir yil içida nikoh bekor qilinganda propiska yöqotilişi haqidagi qoidalar çiqarib taşlanmoqda;
👉 ilgari Toşkent şahri va viloyatida doimiy röyxatga ega bölgan fuqarolar qaytib kelganda, ular uşbu hududlarda heç qanday qöşimça şartlarsiz qayta doimiy röyxatga olinişi mumkin böladi;
👉 oilaga tarbiyaga olingan (patronat) şaxslar ularning tutingan ota-onasining doimiy yaşaş joyi böyiça röyxatga turiş imkoniyatiga ega böladi;
❗️MANA BU HAM JUDA MUHIM! Vaqtinça turgan joyi böyiça röyxatga oliş muddati uy-joy egasining roziligi asosida 1 yildan 5 yilgaça uzaytirilmoqda;
👉 fuqarolarni Toşkent şahri va viloyatida doimiy va vaqtinça röyxatdan ötmasdan yaşaş muddati 10 kundan 15 kunga özgartirilmoqda;
👉 doimiy yoki vaqtinça röyxatdan ötiş fuqaroning xohişiga köra içki işlar organlari (1), davlat xizmatlari markazlari (2) yoki Yagona portal (3) orqali amalga oşiriladi hamda uning muddati 3 kundan 1 kunga qisqartiriladi.
👉 doimiy röyxatni rasmiylaştirişda pasport, uy daftari yoki xonadon kartoçkasiga ştamp bosiş amaliyotidan voz keçiş va buni raqamlaştiriş közda tutilmoqda;
👉 doimiy röyxatga olişni rasmiylaştirişda avvalgi yaşaş joyidan mustaqil röyxatdan çiqiş tartibi hamda harbiy xizmatga majburlarning doimiy röyxatga turişdan oldin va keyin harbiy hisob uçun mudofaa bölimlariga boriş tartibi bekor qilinmoqda.
Muhokama joriy yil 11-aprelga qadar davom etadi. Yana takliflar bölsa bildirişingiz mumkin.
ESLATMA: hozirça bu takliflar loyiha körinişida xolos, rasman kuçga ega emas. Qonun hamda Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingandan keyingina yuridik kuçga ega böladi.
👉 @xushnudbek 👈
