Toşkentda propiska qiliş tartibi takomillaştirildi
Manba:Huquqiy axborot
#Qonunçilikdagi_yangiliklar
Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga doimiy propiska qiliş tartibi takomillaştirildi
Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Toşkent şahri va Toşkent viloyatida doimiy propiska qiliş tartibi töğrisidagi yöriqnomaga kiritilgan özgartirişlar Adliya vazirligida röyxatdan ötkazildi.
Özgartirişlarga asosan, endilikda doimiy propiskaga qöyiş uçun turar joy, vasiylik yoki homiylikni tasdiqlaydigan hujjatlar, nikoh tuzilganlik, tuğilganlik töğrisidagi guvohnomalar nusxalarini notarial tasdiqlatiş şart emas.
Röyxatning 5-bandi böyiça (propiskadagi şaxsga uylangan yoki turmuşga çiqqan) propiskaga kirişda er-xotinning kamida bir yil birgalikda yaşayotganligi töğrisidagi maʼlumotnomani taqdim etiş talabi ham bekor qilindi.
Bundan taşqari, özgartiriş bilan Röyxatning 5-bandi böyiça (propiskadagi şaxsga uylangan yoki turmuşga çiqqan) propiska qilingan şaxs bir yil içida nikohi bekor qilinsa olingan doimiy propiskani yöqotişi belgilandi.
Şuningdek, taşkilot rahbari iltimosnomasi asosida doimiy propiskaga ega bölgan şaxs, xuddi şunday iltimosnoma kiritişi mumkin bölgan boşqa taşkilotga işga ötgan taqdirda, uning propiskasi bekor qilinmaydi.
Buning uçun fuqaro bir oy muddat içida iş joyidan berilgan maʼlumotni içki işlar organlariga (pasport stolga) taqdim etişi lozim.
Propiskaga kirgan şaxslarning oila aʼzolarini propiskaga kiritiş tartibi ham aniqlaştirildi.
Xususan, Röyxatning 5-bandi asosida (propiskadagi şaxsga uylangan yoki turmuşga çiqqan) propiska qilinadigan fuqarolarning oldingi nikohidan yoki nikohsiz tuğilgan farzandlari (öz oilasiga ega bölmagan) doimiy propiska qilinadi.
Xuddi şunday, Röyxatning 9 – 12-bandlari (respublika ahamiyatidagi taşkilotlarga işga kirgan, saylangan şaxslar) propiska qilingan fuqarolarning ular bilan bir vaqtda doimiy propiskani rasmiylaştirmagan oila aʼzolarini (eri, xotini, şuningdek öz oilasi bölmagan farzandlari) doimiy propiska qiliş, turar joy maydoni mulkdorining roziligi bilan tegişli ravişda amalga oşiriladi.
Özgartirişlarga muvofiq Röyxatning 2-bandi asosida (qarindoşlik asosida) propiska qilingan fuqarolarning qarindoşlari (xotini yoki eri, öz oilasiga ega bölmagan voyaga yetgan bolalar hamda er-xotinning voyaga yetmagan bolalari bundan mustasno) Toşkent şahri va Toşkent viloyatiga doimiy propiska qilinmasligi belgilandi.
Kanalga ulaniş 👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot
