Qöqonda Toşkent davlat texnika universiteti filiali oçildi
Mana şu 👆 qaror loyihasi tasdiqlanibdi hamda Qöqon şahrida Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universitetining Qöqon filiali taşkil etildi.
Faqat loyihadagidan ayrim özgarişlar bor. Masalan, loyihada faqat Farğonalik abituriyentlar deyilgan bölsa, tasdiqlangan variantda Andijon, Namangan va Farğona viloyatlariga ham amal qiladi.
Bu nima degani?
Andijon, Namangan va Farğona viloyatlarida doimiy propiska qilingan, respublika OTMlariga qarorda belgilangan taʼlim yönalişlarining mos va turdoş taʼlim yönalişlariga hujjat topşirgan va test sinovlari natijalariga köra öqişga kira olmagan, biroq töplagan ballari eng yuqori ballning 30 foizi (56,7 ball)dan kam bölmagan abituriyentlar TDTUning Qöqon filialiga kirişi mumkin.
Filial Qöqon quriliş va iqtisodiyot kasb-hunar kollejida öz faoliyatini boşlaydi. Kollej öquvçilari esa öqişni bitirgunlariga qadar öquv jarayonini Filial binolarida davom ettiradi. Yaʼni bir paytda bitta binoda ham OTM talabalari, ham kollej öquvçilari öqişadi.
Qolgan özgarişlar yöq. Hammasi tepadagi postda yozilganday tartibga solinadi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEe1KDC7Hm03UPVooQ
