Qöqonda Texnika universiteti filiali taşkil etiladi
Manba:Xushnudbek.uz
Qöqonda oçiladigan Texnika universitetining filiali haqida
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Islom Karimov nomidagi Toşkent davlat texnika universiteti Qöqon filialini taşkil etiş töğrisida”gi Prezident qarori loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Agar qaror tasdiqlanadigan bölsa, unda Farğona viloyatida doimiy yaşayotgan (doimiy propiska qilingan) hamda joriy yilda OTMlarga belgilangan 5 ta yönaliş böyiça hujjat topşirib, test sinovi natijalariga köra öqişga kira olmagan, biroq töplagan ballari eng yuqori ballning 30% dan (56,7 ball) kam bölmagan abituriyentlar mazkur Filialga öqişga qabul qilinadi.
Joriy yilda kvotalar faqat tölov-kontrakt uçun oçilgan, grant yöq.
Köpçilik savol yöllab, abituriyent aynan qaysi yönalişlarga hujjat topşirgan bölişi kerak, deya söraşmoqda. Bular quyidagilar:
1) Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar böyiça) - (şifr: 5310800);
2) Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari (tarmoqlar böyiça) (şifr: 5310700);
3) Texnologik maşinalar va jihozlar (tarmoqlar böyiça) (şifr: 5320300);
4) Materialşunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (tarmoqlar böyiça) (şifr: 5320100);
5) Elektron apparaturalar işlab çiqariş texnologiyasi (şifr: 5321900).
Faqat mana şu yönalişga hujjat topşirib, öqişga kira olmagan farğonalik abituriyentlargina TDTUning Qöqon filialiga kirişlari mumkin.
Jami 125 ta kvota ajratilgan.
Agar öqimoqçi bölganlar 125 tadan köproqni taşkil qilsa, unda nima böladi?
Bunday vaziyatda öqişdan neça ball olib yiqilganiga qaraladi va kattaroq ball töplaganlarga ustunlik beriladi.
Loyihadan anglaşiladiki, DTM 15-avgustdan keyin şu 5 ta yönalişlarga hujjat topşirib yiqilgan barça farğonalik abituriyentlarning röyxatini ballar ketma-ketligiga rioya etgan holda Filialga yetkazadi. Uyoğiga Filialdagilar eng yuqori balldan boşlab, abituriyentlar bilan boğlanadi. Yuqori ball olganlardan kimdir öqişni rad etsa, unda keyingi örindagi abituriyentga imkoniyat beriladi. Tuşunişimça, qabul şunaqaroq tartibda böladi.
Kanalga ulaniş: 👇
https://t.me/xushnudbek
