Özbekistonda koronavirusga çalinganlarning yoş va hududiy taqsimoti
Manba:SSV matbuot kotibi
Soğliqni saqlaş vazirligi:
Koronavirusga çalingan 263 nafar fuqarodan 102 nafari xorijda, 161 nafari esa ular bilan muloqotda bölgan
Avval xabar qilganimizdek, ayni paytda koronavirus infeksiyasiga çalinganlar 263 nafarni taşkil etmoqda. Bemorlarning 120 nafari erkak, 143 nafari ayollar bölsa, şundan 13 nafari voyaga yetmagan bolalardir.
Yoş jihatidan ajratadigan bölsak quyidagi manzara namoyon böladi:
0-9 yoşgaça – 8 nafar;
10-19 yoşgaça – 10 nafar;
20-29 yoşgaça – 51 nafar;
30-39 yoşgaça – 63 nafar;
40-49 yoşgaça – 73 nafar;
50-59 yoşgaça – 40 nafar;
60-69 yoşgaça – 13 nafar;
70-79 yoşgaça — 5 nafarni taşkil etmoqda.
Hozirga qadar xorijda bölib, koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan fuqarolar soni 102 nafarni taşkil etmoqda. Ular Fransiya (2), Turkiya (45), Rossiya (46), Buyuk Britaniya (5), BAA (2), Saudiya Arabistoni (1) hamda Şveysariya (1) kabi davlatlarda bölib qaytgan.
161 nafar fuqaro esa ular bilan muloqotda bölgani uçun yuqtirib olişgan.
Ayni paytda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning 146 nafari Toşkent şahrida, 27 nafari Farğona viloyatida, 28 nafari Namangan viloyatida, 30 nafari Andijon viloyatida, 14 nafari Buxoro viloyatida, 13 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Qaşqadaryo viloyatida va 2 nafari Navoiy viloyatidagi yuqumli kasalliklarga ixtisoslaşgan şifoxonalarda davolanişmoqda. Barça bemorlarga şifokorlar tomonidan Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining tavsiyalari, xalqaro tajriba va belgilangan standartlar asosida davolaş muolajalari olib borilmoqda. Şu kungaça 25 nafar bemor uşbu kasallikdan butunlay soğaydi.
Eslatib ötamiz, Soğliqni saqlaş vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik suriştiruv hamda COVID-19 infeksiyasining tarqalib ketmasligi uçun barça zarur profilaktik çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.
