Özbekistonda aholi orasida koronavirus holatlari köpaymoqda

Matn11-iyun, 2020, 15:562 daqiqa0 koʻrishtahrirlangan

❗️SSV: sönggi uç kunda koronavirusga çalingan 292 nafar bemorning 118 nafari aholi orasida qayd etilgan

Misol uçun, Toşkent şahrida tana harorati kötarilib, uy şaroitida davolangan fuqaroda, Yunusobod tuman davlat soliq inspeksiyasining 2 nafar inspektorida, Şayxontohur tumanidagi “Mediapark” savdo majmuasi sotuvçisining onasida koronavirus aniqlangan.

Bundan taşqari, Toşkent viloyatida yaşovçi, Yunusobod bozorida ziravorlar savdosi bilan şuğullanadigan fuqaroning 2 nafar oila aʼzosida, Bekobod va Toşkent tumanlarida yaşovçi 2 nafar fuqaro hamda Toşkent tumanidagi “Amerikan gospital” xususiy klinikasi kiçik tibbiyot xodimida ham kasallik tasdiqlangan.

Şuningdek, koronavirus infeksiyasi aniqlangan Sirdaryo viloyati Içki işlar xodimining qöşnisi va u bilan muloqotda bölgan 2 nafar tikuvçilik tsexi xodimlarida, Samarqand viloyati “Maroqand” DUKning 2 nafar xodimi ham koronavirusga çalingani maʼlum böldi.

Bugun ayni paytga qadar Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida faoliyat körsatuvçi xorijiy korxonaning bir yöla 28 nafar xodimida, Toşkent şahri Yunusobod bozorining yana 2 nafar sotuvçisida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi.

❗️Ayni xavotirli vaziyatdan kelib çiqqan holda Soğliqni saqlaş vazirligi, yana bir bor, fuqarolarimizni ogohlantiradi: vaziyat murakkablaşib borayotganini bilib turibsiz. Uni ijobiy yoki salbiy tomonga özgartiriş har birimizning harakatimizga boğliq ekanini unutmang.

‼️Şuning uçun zaruratsiz köçaga çiqmang, odamlar köp töplanadigan jamoat joyiga borişdan vaqtinçalik tiyiling, ijtimoiy masofa saqlang, qöllarni yaxşilab qayta-qayta yuving, köçaga çiqqanda niqob taqişni aslo unutmang, va umuman, karantin va sanitariya qoidalariga sözsiz rioya eting.

✅ Özingizda kasallik belgilarini sezsangiz zudlik bilan şifokorga murojaat eting.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek