Özbekistonda koronavirusga çalinganlar soni 4404 nafarga yetdi

Matn8-iyun, 2020, 17:241 daqiqa0 koʻrish

Koronavirusga çalinganlar: namanganlik içki işlar xodimlari, «Ravnaq banki»ning xodimi, "Örikzor" bozori sotuvçilari bilan gaplaşganlar

8-iyun soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4404 (+52) nafarni taşkil etmoqda.

🔴 Yangi kasallaniş holatlarining 29 nafari Karantin markazidagi (barçasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 18 nafari Toşkent şahrida (jumladan, “Örikzor” savdo majmuasi sotuvçisining qarindoşlari va qöşnilari, “Ravnaq bank” ning Şayxontoxur filiali xodimi), 3 nafar Namangan viloyatida (şundan 2 nafari viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari), 1 nafari Toşkent viloyatidan (“Örikzor” savdo majmuasi sotuvçisining qarindoşi) aholi orasida, qolgan 1 nafari Sirdaryo viloyatida Rossiyadan çegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk taşuvçi avtomaşina haydovçisida aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 3357 (+3) nafar koronavirus infeksiyasiga çalingan fuqarolar (2 nafari Samarqand viloyatida, 1 nafari Toşkent şahridagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekşiriş instituti klinikasida) soğaydi.

❗️Hozirda mamlakatimizda 1030 nafar bemor davolanmoqda.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi

👉 @xushnudbek 👈

Telegram

Xushnudbek.uzTasdiqlangan kanal

@xushnudbek